Yangi tovar ishlab chiqarish - original tovar yaratish, tovarning
xususiyatini yaxshilash va uni modernizatsiya qilish, korxonanig o‘z ilmiy-tadqiqot
va loyihalash bo‘linmalarini tashkil etib, ular orqali tovarning yangi markasini
ishlab chiqarishdan iboratdir. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayoni quyidagi sakkiz
bosqichni o‘z ichiga oladi: g‘oyani izlash, g‘oyani tanlash, yangi tovar
kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab
chiqish, biznes tahlili, tovarni ishlab chiqarish, tovarni bozorga chiqarish va tijorat
uchun ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |