Ishlab chiqarishni boshqarishda “ob‟ekt” va “sub‟ekt” tushunchalari
Ishlab
chiqarish
bo‗g‗inlari
Boshqariluvchi tizim
(ob‘ekt)
Boshqaruvchi tizim
(sub‘ekt)
1
2
3
Korxona
tsexlar, uchastkalar
direktor va unga bo‗ysinuvchi barcha
boshqaruv apparati
Tsexda
uchastkalar
Tsex boshlig‗i va unga bo‗ysinuvchi
barcha boshqaruv apparati
Uchastkada
ishchilarning
ish
joylari
uchastka boshlig‗i va unga bo‗ysinuvchi
barcha boshqaruv apparati
Ish joylarida
Mexnat vositalari
ishchilar, xizmatchilar va boshqa xodimlar
3. Ishlab chiqarishni boshqarishda shahsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy
omillar mohiyati, ishlab chiqilgan maxsulot sifatini boshqarish, maxsulot
sifatiga ta‟sir ko„rsatuvchi omillari.
Boshqaruvning xar ikkala tizimi o‗zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi
va bir-biriga ta‘sir ko‗rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi
tizimga ta‘sir ko‗rsatgan xolda uning tarkibini o‗zagartiradi, uni muayyan eng
qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi
tizim boshqaruvchi tizimga aks ta‘sir ko‗rsatadi.
Masalan, boshqariluvchi tizimning ko‗lami qanchalik katta bo‗lsa, boshqaruv
organlari tizimi shunchalik katta bo‗ladi. Boshqariluvchi tizim qanchalik yaxshi
uyushtirilgan va uning mexanizmi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, boshqaruvchi tizim
xam shunchalik kichik bo‗ladi.
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
buyumni, ya‘ni mexnat vositalarini boshqarish;
odamlar ( ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o‗zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu
jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mexnat buyumlariga ta‘sir
ko‗rsatadilar va boshqarish sub‘ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun
mexnat buyumlariga bevosita ta‘sir ko‗rsatadigan ishchilar ikki turga:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob‘ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub‘ekti (buyumni boshqarish)
sifatida ishtirok etadi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan
iborat bo‗lib, ular o‗z navbatida mexnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni
boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga xam ta‘sir ko‗rsatishdir.
Masalan, xar bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o‗rtasida,
xar bir tsexda esa uchastkalararo; o‗z navbatida xar qaysi uchastka yoki
78
brigadalarning ishchilari o‗rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari
mavjud bo‗ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan maxsulot sotish, ishlab
chiqarish vositalari bilan ta‘minlash borasida xam ishlab chiqarish aloqalarini o‗rnatadi.
Bu munosabatlar kooperatsiya va mexnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
darajasiga bog‗liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanada. Xar qanday ishlab
chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok
etadi. Chunonchi:
I
k
ICh
T
A
I
ICh
v
Bu erda,
Do'stlaringiz bilan baham: |