2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil
mohiyatga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni
quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin (10-jadval).
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori
boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish
maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
Raqobat muhitini shakllantirish.
Chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga erishish.
Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |