Tayanch so‟zlar:
marketing, marketing tadqiqotlari, tovarni tadqiq etish, tovar hayot
sikli, moda egri chizig‗I, bozorni segmentlash, bozor strukturasi, bozor
kon‘yukturasi,ichki bozor, tashqi bozor, andoza model banki,yordamchi tizim
1. Marketing tadqiqotlarining mohiyati va ahamiyati
Marketing tizimi faoliyatining o‗ziga xos tomoni va asosiy shart-sharoiti,
shuningdek, strategiyasi va taktikasining shakllanishi marketing tadqiqotlari bilan
belgilanadi. Amerika Marketing Uyushmasi marketing tadqiqotlari deganda moddiy
boyliklar va xizmatlar oldi-sottisidagi bitishuvlar bilan bog‗liq bo‗lgan ma‘lumotlarni
muntazam to‗plash, yozib borish va tahlil etishni tushunadi.
F.Kotler fikricha, marketing tadqiqotlari - bu moddiy boyliklar va xizmatlar
muomalasi sohasida qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida
muntazam holda muammolarni tahlil etish, asosiy qoidalarni yaratish va ma‘lumotlarni
jamg‗arishdir. Marketing tadqiqotlari tushunchasini boshqa mualliflar ham shu tarzda
talqin qiladilar. Masalan, V.B.Vents marketing tadqiqotlari rahbariyatning bozor
masalalari buyicha qarorlari tayanadigan axborotlarni izlash va tahlil etishdan iborat deb
qaraydi. Bu qarorlar mahsulot, narxlar strategiyasi, mahsulot sotishni jadallashtirish va
taqsimot masalalarini qamraydi. P.E.Grin va D.S.Tull marketing tadqiqotlarini marketing
sohasida bir xillashtirish va qaror bilan bog‗liq bo‗lgan axborotlarni muntazam izlash
tarzida izohlaydi.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflardan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan,
bozorni boshqarish sohasida optimal qaror hamisha bozor jarayonlarining rivojlanishi
yo‗nalishlari va qonuniyatlarini, shuningdek, marketing sohasidagi faoliyatga bozor
ko‗rsatishi ehtimoli bo‗lgan javob ta‘sirlarini tahlil etish asosida qabul qilinadi.
Ikkinchidan, marketing tadqiqotlari tarkibi uning maqsad va vazifalari bilan belgilanadi,
o‗zaro bog‗liq bo‗lgan ikki tomon bo‗lishini taqozo etadi: aniq bir bozorni tadqiq etish
hamda bozorga chiqish va u erda mustahkam o‗rin egallash uchun firmaning o‗z
imkoniyatlarini tadqiq etish (1-jadval). Uchinchidan, marketing tadqiqotlarining maqsadi
quydagi asosiy olti savolga javob olishdan iboratdir:
1. Nimani, qancha va qachon ishlab chiqarish kerak?
2. Mahsulotni qaysi bozorda joylashtirish kerak?
3. Iste‘molchilarning mahsulotlarni qabul qilishlarini oldindan qanday ko‗ra bilish
mumkin?
4. Mahsulot sotishni jonlashtirishni qaerda va qanday boshlamoq lozim?
5. Taqsimot yo‗llarini qanday qilib to‗g‗ri tanlash mumkin?
6. Marketing tadqiqotlariga sarflagan xarajatlarning samaradorligini baholashda qaysi
mezonlarni qabul qilish mumkin?
260
23-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |