Toshkent Moliya instituti Magistratura bo’limi Buxgalteriya hisobi yo’nalishi bh-1 guruh magistranti Qutlimuratov Oybek Shukurulla o’g’li



Download 25,25 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi25,25 Kb.
#290545
1   2
Bog'liq
Tezis

Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish va joriy qilish.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda va shunga hamohang ravishda insonlar uchun qulay bo’lgan online xizmat turlari ham rivojlanib bormoqda. Albatta bu online xizmatlar yordamida uydan chiqmagan holda istalgan xizmatlarni izlab topish va ulardan foydalanish mumkin, bu esa pul mablag’larining tejalishi, ish unumdorligining oshishi kabi foydali jihatlari bilan namoyon bo’ladi. Ushbu online xizmatlar raqamli iqtisodiyotning kichik bir ko’rinishini tashkil etadi. Raqamli iqtisodiyot dunyo bo’ylab barcha korxona va tashkilotlar bo’ladimi, ularning tarkibiy bo’linmalari bo’ladimi, jismoniy shaxslar bo’ladimi o’z yo’nalishiga mos ravishda foydalaniladi. Raqamli iqtisodiyotga korxonalar miqyosida qaraydigan bo’lsak, raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish bu avvalambor korxonalarimiz uchun dunyo bozorlariga chiqish, turli chet el mamlakatlaridan hamkorlar topish va aloqalarni yo’lga qo’yish uchun zamin yaratadi va shu bilan birgalikda ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, raqobatbardoshlilikning o’sishi, yangi zamonaviy kasblarning paydo bo’lishi kabi ijobiy tomonlarini keltirishimiz mumkin.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bizga nima uchun kerak?

Hozirgi kunda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlari foydalanib kelmoqda. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar korxonalar moliyaviy holatini tasniflashning standartlashtirilgan fo’rmasini tashkil etadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan dunyoning 140 dan ziyod mamlakatlari foydalanishini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu mamlakatlar tadbirkorlari tushunadigan tilda moliyaviy hisobotlarni yozish biz uchun ham muhim ahamiyat kasb etmay qolmaydi. Respublikamizga investitsiya kiritmoqchi bo’lgan tadbirkorlar nafaqat qonunchilik holatini, balkim mavjud korxonalarga investitsiya kiritish nuqtai nazaridan ularning moliyaviy hisobotlarini tushunishi muhimdir. Dunyo miqyosida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tilishi barcha tadbirkorlik sub`ektlari uchunfoyda keltiradi, ayniqsa investor korxonalar hisobotlarni tahlil qilib qaysi korxonalarga yoki qaysi faoliyat turlariga investitsiya kiritishlarini aniqlab oladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishdan maqsad chetdan kelayotgan investorlarga moliyalashtirish uchun qaror qabul qilishda aniq va ishonchli malumotlar bilan taminlash sanaladi.

Moliyaviy hisobotlarning to’liq to’plami quyidagilarni qamrab oladi:1


  • davr oxiridagi moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot;

  • davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot;

  • davr uchun kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot;

  • davr uchun pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;

  • izohlar, ya’ni muhim hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish

  • ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar;

  • oldingi davr boshiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot, qachonki xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo’llasa, yoki o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa2.

Respublikamizning investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta`minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatini kengaytirish maqsadida 2020 yil 24 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4611-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilab qo’yildi. Shuningdek ushbu qaror bilan 2021 yil yakuniga qadar MHXS bo’yicha sertificatga ega bo’lgan (CIPA, ACCA, SRA, DipIFR) yetrlicha kadrlar tayyorlash topshirig’i ham berildi.

Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi;

Oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:3


  • dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;

  • imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;

  • imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 38-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti bo’yicha o’qish va imtixonlarini topshirish xarajatlarini qoplash tartibi belgilangan.

Hozirgi kunda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishda mavjud muammolar jumlasiga Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha o’zbek tilida adabiyotlarning yo’qligi va Respublikamiz tadbirkorlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishga tayyorlik darajasini keltirish mumkin. Lekin tahlil qilib ko’radigan bo’lsak Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o’qitish bo’yicha sertsifikatsiyadan o’tgan o’quv tashkilotlarining materiallari va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining o’zbek tiliga tarjimalaridan foydalanib ushbu muammolarni bartaraf qilish mumkin. Respublikamiz tadbirkorlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishga tayyorlik darajasi bu moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini to’liq tushunib yetgan malakali kadrlar yetishmovchiligi va ushbu sohada amaliyot tajribaga ega kadrlarning yo’qligidir. Bu muammolarning yechimi sifatida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o’qitadigan o’quv tashkilotlarining tashkil etilishi va ushbu o’qish va imtixon topshirish bilan bog’liq xarajatlarning davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplab berilayotganligini keltirishimiz mumkin. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishning yana bir foydali jihatlaridan biri bu strategic ahamiyatga ega bo’lgan bog’inlarda anchadan buyon ishlab kelayotgan, o’z ustida ishlamaydigan (robot) buxgalterlar bilim olishlariga yani moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o’rganishi yoki yosh kadrlarga o’z o’rnini bo’shatib berishiga to’g’ri keladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish bu korxonalar uchun eksport-import operatsiyalarining rivojlanishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishining jadallashishiga, korxonalar raqobatbardoshliligiga, tannarxning pasayishiga va savdo-sotiq , xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishiga katta tasir o’tkazadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4611-sonli qarori qabul qilindi va unga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlashi belgilab qo’yildi. O’zaro aloqalar o’rnatish uchun albatta iqtisodiy til bu moliyaviy hisobotlar hisoblanganligi uchun ham kichik biznes sub`ektlari ham o’zlari rivojlanishi va investitsiya jalb qilishlari, dunyo bozorlarida munosib o’rinlarni egallashlari uchun ham xalqaro standartlarni qo’llagan holda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni tuzishi bu albatta tadbirkorlik sub`ektlarining rivojlanishiga, bizneslarining kengayishiga zamin yaratadi.



1 Norbekov D.I, Ochilov I.K “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanidan O’quv-uslubiy majmua, Toshkent-2019, 29-bet

2 M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1.p.167-168.

3 2020 yil 24 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4611-sonli qarori

Download 25,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish