Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova


 Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy



Download 35,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/388
Sana22.07.2022
Hajmi35,35 Mb.
#836241
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   388
Bog'liq
Рахимов М Й Каландарова Н Н Молиявий тахлил 2019

12.2. Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy
nochorlikni tartibga soiishning huquqiy normalari
Bankrotlik instituti - murakkab huquqiy muassasadir: huquqiy 
muassasa tomonidan beligilanadigan protsessual me’yorlarni belgilash, 
tartiblash amalga oshirishni o 'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasida bankrotlik instituti 1994-yilda tashkil 
etilgan. O'tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va 
muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga 
soiishning puxta va mukammal qonunchilik bazasi shakllantirildi. 
Dastlab 1994-yilda 5-mayda “Bankrotlik to'g'risida”gi Qonun qabul 
qilindi. Ushbu qonun dastlab 35 moddadan iborat bo'lgan. Lekin qonun 
amaliyoti bo'yicha mazkur davrda bironta ham bankrotlik holati 
ko'rilmadi.
Qonun amalda bo'lgan davrda bankrotlik bo'yicha faqat ikkitagina 
ariza qabul qilingan va ko'rib chiqilgan.
1995-yilda Qonun amaliyoti va bankrotlikni am&lga kiritish 
bo'yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori chiqarildi va bu 
boradagi ishlar biroz jadallashdi. Shu yilda 47 ta bankrotlik holati 
bo'yicha ishlar ko'rib chiqildi.
1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to'g'risidagi qonunni amalda 
qo'llash chora tadbirlari to'g'risida”gi Respublika Prezidentining 
maxsus farmoni sohadagi ishlami yanada jadallashtirish imkonini berdi.
1998-yil 28-avgustda qonun yangi tahrirda qabul qilindi. U ko'plab 
moddalar bilan boyitildi. Xususan, ayrim turdagi qarzdorlarning 
bankrotligi to'g'risidagi qoidalar, yangi taomil - tashqi boshqaruv 
qo'shildi va bu kreditorlaming huquqlarini kengaytirdi. Ushbu qonunda
619


yuridik va yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligi alomatlari alohida 
ajratib ko‘rsatiIdi.
2003-yil 24-aprelda Qonun yana yangi tahrirda e’lon qilindi. U 192 
moddadan iborat bo‘lib, bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli 
bo‘lgan, to ‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini 
tiklashni maqsad qilib qo‘ygan ko‘plab yangi qoidalarni o ‘zida 
mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi 
bankrotlik taomillarini o'zida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi, 
shuningdek, 
barcha 
bankrotlik 
taomillari 
sud 
boshqaruvchilari 
tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud tomonidan 
tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi.
X o‘jalik 
yurituvchi 
subyektlaming 
bankrotligi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Bankrotlik to‘g ‘risida”gi qonuni va unga keyinchalik 
kiritilgan qo‘shimcha, 
0
‘zgartirishlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi.
Amaldagi qonunchilikka kocra bankrotlik deganda sud tomonidan 
e ’tirof etilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar 
talablarini to ‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to ‘lovlar 
bo‘yicha 
o‘z
majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi 
tushuniladi. Aytish joizki, qarzdomi bankrot deb topishda kreditorlar 
talablarini va majburiy toMovlami to cla qondira olmasligi emas, balki
«Bankrotlik to 4g ‘risida»gi qonunning 5-moddasi ikkinchi qismida
<
belgilangan talablar hisobga olinadi. Ushbu moddada quyidagilar bayon 
etiladi.
Bankrotlik to ‘g ‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib 
chiqiladi. Bankrotlik to ^ ris id a g i ish bankrotlik alomatlari mavjud 
boMgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng 
kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan 
bo'lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi 
tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam 
ish haqi miqdorining kamida o ‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, 
iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg4atilishi mumkin, ushbu Qonunda nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno”.
620


Shuningdek, kreditorlaming istalgan talablari bo‘yicha emas, balki 
aniq belgilangan talablar bo‘yicha toiashga qodir emaslik bankrotlik 
alomatlari 
hisoblanadi. 
Qonunchilikda 
bankrotlik 
alomatlarini 
aniqlashda kreditor talabining quyidagi ikki turi: qarzdorning pul 
majburiyatlari bo‘yicha hamda majburiy to io v lar bo‘yicha, ya’ni soliq, 
yigim , bojlami to ia s h bo‘yicha talabi belgilangan. Qolgan boshqa 
talablaming bajarilmasligi korxona yoki tadbirkoming bankrot deb 
topilishiga asos boim aydi.
Qarzdorning 
pul 
majburiyatlari 
tushunchasi 
bankrotlik 
qonunchiligida fuqarolik qonunchiligiga nisbatan tor m a’noda berilgan. 
Bankrotlik 
qonunchiligiga 
asosan 
pul 
majburiyatlari 
deganda 
qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo4yicha hamda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan 
pul 
summasini 
to ia s h
majburiyati 
tushuniladi 
(«Bankrotlik 
to‘g ‘risida»gi qonunning 3-moddasi).
Pul maj buriy atining birinchi belgisi qarzdorning ish bajarishi, 
xizmat ko4rsatishi yoki tovarni topshirishi emas, balki pul summasini 
to iash majburiyati hisoblanadi.
Ikkinchi belgisi esa majburiyatlaming faqat Fuqarolik kodeksiga 
asoslangan boiishidir. Korxonaning o 4z vaqtida ishchilariga ish haqini 
to ia y olmasligi oqibatida korxona bankrot deb topilmaydi. Chunki 
mehnat haqi bo‘yicha kelib chiqqan majburiyat Mehnat kodeksi bilan 
tartibga solinadi. Shu sababli ushbu majburiyat pul majburiyati 
hisoblanmaydi.
Bankrotlik 
instituti 
tadbirkorlar 
o 4rtasidagi 
shartnomaviy 
munosabatlarni yaxshi y o ig a qo‘yish, o ‘zaro to io v intizomini 
kuchaytirish, y ig ilib qolgan kreditorlik va debitorlik qarzlarini undirish, 
oqibat natijada ishlab chiqarishni barqarorlashtirish borasida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Qarzdorlar bankrot deb e ’lon qilinadi qachonki, bankrotlik faktlarini 
barchasi e ’tirof etilsa.
Bankrotlik tocg‘risidagi ish oliy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Shuningdek, “Bankrotlik to‘g ‘risidagi” Qonunning III bobiga ko‘ra,
621


xo'jalik subyektlari sudga murojaat qilmasdan turib ham o'zini o'zi 
bankrot deb e ’lon qilish mumkin. Buning uchun korxonaning rahbari 
ixtiyoriy tugatish haqida qaror chiqaradi, uni kreditorlar ma’qullaydi, 
so'ngra bu qaror mulkdor (qarzdoming mol-mulkida davlat ulushi 
bo'lsa, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi ham) tomonidan 
tasdiqlanadi. qaror mulkdor tomonidan (qarzdoming mol-mulkida davlat 
ulushi bo'lsa Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi tomonidan 
ham) tasdiqlangan paytdan boshlab qarzdor bankrot bo'lgan deb 
hisoblanadi. Agar kreditorlarning loaqal bittasi bu qaromi ma’qullamasa 
yoki kreditorlarning barchasi m a’qullasa-yu, ammo mulkdor bu qarorga 
norozi bo'lsa, qarzdor o'zini o'zi bankrot deb topa olmaydi. Bunday 
holda u qonunda belgilangan tartibda sudga bankrotlik arizasi bilan 
murojaat qilishi mumkin.
Qarzdor o'zini o'zi bankrot deb topgan taqdirda ham u «Bankrotlik 
to'g'risida»gi Qonunda belgilangan tartibda tugatilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik protsessual kodeksining 30- 
moddasiga ko'ra, tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to'g'risidagi 
ishlar qarzdor turgan joydagi sudda ko'rib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 23-moddasiga ko'ra, yuridik shaxs maqomiga 
ega bo'lgan tashkilotlar yoki tadbirkor jismoniy shaxslar sudda taraf 
sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ya’ni, korxonaning yuridik shaxs
huquqiga ega bo'lmagan bo'linmalari bankrot deb topilishi mumkin

{
emas. Chunki ulaming qarz majburiyatlari bo'yicha yuqori tashkiloti 
javob beradi.
Bankrotlik to'g'risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo'lgan 
taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam 
ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo'lsa, 
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqi 
miqdorining kamida o'ttiz karrasini tashkil etadigan bo'lsa, sud 
tomonidan qo'zg'atilishi mumkin.
Majburiy 
to'lovlar 
majburiyatini 
bajarmaganligi 
natijasida 
qarzdomi bankrot deb topish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojat
622


etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va 
boshqa vakolatli organlar ega.

Download 35,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish