Ish haqi xarajatlari tahlili. Ish haqi xarajatlari ishlab chiqarish korxonalarida salmog‘i bo‘yicha moddiy xarajatlardan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi xarajat elementi hisoblanadi. O‘z navbatida ish haqi xarajatlari uchinchi muhim xarajat elementi ish haqidan ajratmalar uchun ham asos bo‘ladi. Ish haqidan ajratmalarning kichik va yirik biznes vakillariga nisbatan 15 va 25 foizlik normalari belgilangan. Ish haqidan ajratmalarning mahsulot ishlab chiqarish tannarxida sig‘imlilik darajasi ish haqiga birlashtirilgan holda o‘rganiladi. Eng muhim ko‘rsatkichlar sifatida tahlil etishda quyidagi ko‘rsatkichlar tarkiblanadi: ish haqi fondi, bitta xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik ish haqi, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ish o‘rtacha oylik ish haqi, bir kunlik o‘rtacha ish haqi, bir soatlik o‘rtacha ish haqi.
Korxonada ish haqi fondining tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |