4.4. Xarajatlarni faoliyat turlari, javobgarlik markazlari kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha tahlili
Faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar quyidagi turlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari;
- tijorat xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari.
Asosiy faoliyat turi sifatida mahsulot ishlab chiqarish va tushumning eng yuqori ulushiga ega bo‘lgan faoliyat turi belgilanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini faoliyat turlari bo‘yicha tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+/-), ming so‘m
|
O‘sish darajasi,
%
|
summasi, ming so‘m.
|
tarkibi, %
|
summasi, ming so‘m
|
tarkibi, %
|
Umumxo‘jalik faoliyati bo‘yicha jami xarajatlar Shu jumladan:
|
752016
|
100,00
|
988669
|
100
|
236653
|
131.46
|
1. Jami ishlab chiqarish xarajatlari
|
541131
|
71.95
|
686079
|
69.39
|
+144948
|
126.78
|
2. Tijorat xarajatlari, ming so‘m
|
125640
|
16.72
|
186540
|
18.87
|
+60900
|
148.47
|
3. Boshqaruv xarajatlari, ming so‘m
|
85245
|
11.33
|
116050
|
11.74
|
+30805
|
136.13
|
2. Sotilgan mahsulot hajmi, ming so‘m
|
572661
|
-
|
717416
|
-
|
+141755
|
125.27
|
4. Bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari
|
0.9449
|
-
|
0.9563
|
-
|
+0.0114
|
101.2
|
5. Bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan tijorat xarajatlari
|
0.2193
|
-
|
0.2600
|
-
|
+0.0407
|
118.5
|
6. Bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan boshqaruv xarajatlari
|
0.1488
|
-
|
0.1617
|
-
|
+0.0129
|
108.6
|
Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar tahlili. Javobgarlik markazlarining odatda foydaga, xarajatga va investitsiyaga nisbatan turlari tarkiblanadi.
Foyda bo‘yicha javobgarlik markazlari daromad va xarajatlarni o‘rganish va foydani maksimallashtirishni, xarajatlarni o‘rganish esa faqat xarajatlarni minimallashtirishga qaratilgan. Investitsiyaga nisbatan esa nafaqat daromad va xarajatlar, balki foydaning ishlatilishi ham baholanadi.
Ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha javobgarlikning quyidagi markazlari belgilanadi: ta’minot; ishlab chiqarish; sotish va boshqaruv.
Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga ko‘ra korxonalar tarkibiy birliklari, bo‘limlar, do‘konlar, xizmatlar yoki guruhlar moliyaviy javobgarlik markazlari hisoblanadi. Ularning rahbarlari muayyan yo‘nalish va menejment vazifalarini bajarish uchun mas’uldirlar.
Xarajatlar bo‘yicha javobgarlik markazlari – xarajatlarni byudjetlash bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linma (birliklar to‘plami)dir.
Korxonada xarajatlar bo‘yicha javobgarlik markazlari quyidagi bo‘limlarda tashkil topadi:
- boshqaruv faoliyati;
- marketing faoliyati;
- informatsion texnologiyalar;
- logistika;
- ombor faoliyati;
- ta’minot;
- ishlab chiqarish.
Daromad markazlari javobgarlik markazlari:
- sotish (tovarlar turlari bo‘yicha);
- filiallar, bo‘limlardan iborat.
Xarajatlar bo‘yicha javobgarlik markazlari – sex, uchastka, brigada va bo‘limlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |