Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Boshlang‘ich ma’lumotlarning statistik tavsifi ko‘rsatkichlari



Download 6,82 Mb.
bet21/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Boshlang‘ich ma’lumotlarning statistik tavsifi ko‘rsatkichlari

O‘zgaruv-chilar raqami

O‘rtacha arif-metik qiymati

O‘rtacha kvad-ratik og‘ish

Vari-atsiya, %

Asim-metriya

Eks-tsess

Asim-metriya xatosi

Eks-tsess xatosi

Y

27,15

2,85

10,50

0,20

-1,16

0,37

0,73

x1

2,77

0,28

10,08

0,36

-0,81

0,37

0,73

x2

92,57

8,70

9,39

0,24

-0,69

0,37

0,73

x3

8,46

0,59

7,00

0,10

-0,52

0,37

0,73

x4

17,77

2,76

15,55

0,72

-0,08

0,37

0,73

x5

31,68

7,28

22,98

0,63

-0,13

0,37

0,73

1.29-jadvalda eng yuqori variatsiya x5 da (V= 22,98), lekin u 33% oshib ketmaydi. Demak, boshlang‘ich ma’lumot bir turda ekan va uni keyingi hisob uchun qo‘llash mumkin.


Variatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi asosida korrelyatsion tahlil uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar hajmini quyidagi formuladan topish mumkin.

bu yerda n – tanlanadigan ma’lumotlarning kerakli hajmi;
V – variatsiya, %;
t – ehtimollik darajasi P= 0,05 da 1,96 ga teng bo‘ladigan bog‘lanish ishonchliligi ko‘rsatkichi;
m – hisoblarning aniqlilik ko‘rsatkichi (iqtisodiy ko‘rsatkichlarda xau holda 5-8% gacha ruxsat beriladi).
Demak, qabul qilingan tanlov hajmi (40 ta korxona) korrelyatsion tahlil o‘tkazish uchun yetarli bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich ma’lumotlarning me’yoriy taqsimot qonuniga bo‘ysunishi deganda o‘rganilayotgan ma’lumotlarning asosiy qismi har bir ko‘rsatkich bo‘yicha uning o‘rtacha qiymati atrofida guruhlangan bo‘lishi kerak, juda katta va juda kichik miqdordagi obyektlar esa iloji boricha kamroq uchrashi kerakligi tushuniladi. Me’yoriy taqsimot grafigi -rasmda berilgan.

1.1-rasm. Ma’lumotlarning me’yoriy taqsimoti grafigi.

Ma’lumotlarni me’yoriy taqsimotdan og‘ish darajasini sonli ifodalash uchun asimmetriya ko‘rsatkichi ekstsessa ko‘rsatkichi qo‘llaniladi.


Asimmetriya ko‘rsatkichi (A) va uning xatosi (ma) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Ekstsess ko‘rsatkichi (E) va uning xatosi (me) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Simmetrik taqsimotda A=0. Noldan farqli bo‘lsa ma’lumotlar taqsimotida asimmetriya mavjudligini ko‘rsatadi. Salbiy asimmetriya ma’lumotlarning katta qiymatga egaligidan, ijobiy asimmetriya esa kichik qiymatli ma’lumotlar ko‘p uchrashidan dalolat beradi.
Me’yoriy taqsimotda ekstsess ko‘rsatkichi E=0 bo‘ladi. Agar E>0 bo‘lsa, ma’lumotlar o‘rtacha qiymati atrofida zich jamlangan, o‘tkir uchli shakllangan bo‘ladi. Agar E<0 bo‘lsa, egri taqsimot yassi uchli shaklda bo‘ladi. Biroq, A/ma va E/me munosabat 3 dan kichik bo‘lsa asimmetriya hamda ekstsess unchalik ahamiyat kasb etmaydi va o‘rganilayotgan ma’lumot me’yoriy taqsimot qonunlariga mos keladi.
jadvalda A/ma va E/me ning istalgan munosabatida 3 dan oshmaydi, demak, boshlang‘ich ma’lumot bu qonunga bo‘ysunadi.
Omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanishni modellashtirish o‘rganilayotgan bog‘lanishni aniqroq aks ettiradigan mos tenglamani tanlashga e’tibor qaratadi.
Uni asoslash uchun ham mavjud bog‘lanishni o‘rnatuvchi usullar: analitik guruhlash, chiziqli grafiklar va h.k. qo‘llaniladi.
Agar barcha omilli ko‘rsatkichlar natijaviy bilan bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli xarakterda bo‘lsa, bu bog‘lanishni yozish uchun quyidagi chiziqli funksiyani qo‘llash mumkin

Natijaviy va omilli ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishning egri chiziqli shaklida darajali funksiya ham

yoki logarifmik funksiya ham qo‘llanilishi mumkin.

Keltirilgan modellarning yaxshi tomonlari shundaki, ularning (bi) ko‘rsatkichiga iqtisodiy tushuncha (izoh) berish mumkin. Chiziqli modeldabi koeffitsiyentlar omilli ko‘rsatkichlar birlikka o‘zgarganda, absolyut ifodalashda darajali va logarifmik ko‘rsatkichlar foizlarga o‘zgarganda natijaviy ko‘rsatkich necha birlikka o‘zgarganligini ko‘rsatadi.
Bog‘lanish shaklini asoslash qiyin bo‘lgan hollarda masalani yechish uchun har xil modellarni qo‘llash va natijalarni taqqoslab ko‘rish mumkin. Haqiqiy bog‘lanishlarda turli modellarning mosligini tekshirish uchun approksimatsiyaning o‘rtacha xatoligi va determinatsiyaning ko‘p sonli koeffitsiyentlari o‘lchamini ko‘rsatuvchi Fisher mezonidan foydalanamiz. Bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.
O‘rganilayotgan omillar va rentabellik darajasi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bizning misolda ko‘rib o‘tilgan barcha bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega ekan. Shuning uchun ularni ifodalash uchun chiziqli funksiya qo‘llanildi.
Ko‘p omilli korrelyatsion tahlil masalasini yechish EHM da «Statistika» paketida joylashgan namunali dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Avvalo boshlang‘ich ma’lumotlar matritsasi (-jadval) tuzib olinadi. Birinchi ustunda kuzatuvlar tartib raqami, ikkinchi ustunga natijaviy ko‘rsatkichlar qiymati (Y), keyingisiga esa omilli ko‘rsatkichlar qiymati (xi) yozib olinadi.
1.30-jadval

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish