Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021
Korxonada jami xarajatlar o‘tgan yilda 3 394 256 689 ming so‘mni, joriy yilda 5 070 812 936 ming so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan yilga nisbatan mutlaq o‘zgarishi 1 676 556 247 ming so‘mni, o‘sish darajasi 149.4 foizni tashkil etgan. Xarajatlar tarkibi bo‘yicha eng yuqori o‘zgarish moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga to‘g‘ri kelgan. Ushbu tarkib xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 5.23 baravarga ortgan. Shuningdek‚ soliqlar to‘lovi bo‘yicha xarajatlar ham 188.4 foizga, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar 2.06 baravarga ortgan. Davr xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar o‘sishi 132 foizni, mahsulot tannarxini o‘sishi 128.9 foizni tashkil qilgan. 9.8. Xarajatlarni baholash va tahlil qilish yo‘llari. Xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar va ularni hisoblash yo‘llariIshlab chiqarish xarajatlarini baholash moliyaviy hisobotlarning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda albatta ularning tuzilishi va tabiatini bilish talab etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari “Xarajatlar tarkibi” to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagi xarajat elementlari bo‘yicha tarkiblanadi: - ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; - ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari va ajratmalari; - ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashayotgan asosiy va nomoddiy aktivlarni eskirish xarajatlari; - ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. Ularni baholanishi tarkib bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan; mehnat haqini baholanishi hisoblangan mehnat haqi va ajratmalar summasidan yoki mehnat haqi va ajratmalar yuzasidan tan olingan majburiyatlar summasidan kelib chiqib baholanadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya, eskirish qiymatlari belgilangan, qat’iy, normalar asosida hisob-kitob qilingan qiymat bilan baholanadi61. Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq to‘langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo‘lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pulda o‘lchov bilan aks ettiriladi. Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi. Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo‘yicha aks ettiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiruvchi moddiy xarajatlarni baholanishi asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni eskirishi, mehnat haqi va ajratmalar baholanishidan keskin farq qiladi. Aylanma aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. Moddiy resurslar tarkibiga kiruvchi va ishlab chiqarish xarajatlarida asosiy element hisoblangan zaxiralarni baholanishini buxgalteriya hisobini milliy standartlari bo‘yicha quyidagi turlari tarkiblanadi: Download 6,82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |