Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Kreditga layoqatlilikni baholashdagi xalqaro modellar va ularning tasnifi



Download 6,82 Mb.
bet166/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Kreditga layoqatlilikni baholashdagi xalqaro modellar va ularning tasnifi

Belgilar

Nimani anglatishi

Tavsifi

6 C” usuli

C

Sharacter

Reputatsiya, mijozning xarakteri

C

Capacity

Imkoniyatlar

C

Cash

Naqdlik

C

Collateral

Kafolatlik

C

Conditions

Shartlar

C

Control

Nazorat

CAMPARI” usuli

C

Sharacter

Reputatsiya, mijozning xarakteri

A

Ability

Kreditni qaytarishga qobilligi

M

Margin

Marja, daromadliligi

P

Purpose

Kreditlarning maqsadli yo‘nalishlari

A

Amount

Kredit miqdori

R

Repayment

Kreditni qaytarish shartlari

I

Insurance

Ta’minlanganligi, kreditni qaytmaslik riski

RARTS” usuli

P

Purpose

Kreditning maqsadligi

A

Amount

Qarz miqdori

R

Repayment

Kreditni qaytarish shartlari

T

Term

Kredit berish muddati

S

Security

Kreditni to‘lashni kafolatlash

Ushbu modellar ko‘p parametrlarni o‘z ichiga olganligi sababli korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda eng to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi.




7.6. Korxonaning ishonchliligini baholash


Quyida tavsiya etilayotgan uslubiyot korxonalar ishonchliligini baholashning, tahlil etishning mavjud nazariy manbalariga tayangan holda tuzib chiqildi va undan barcha tijorat banklari o‘z kredit siyosatini yo‘lga qo‘yishda, faoliyatini maqsadli boshqarishida foydalanishlari mumkin.


Ushbu metodika amaldagi qonunchilik normalariga, tartiblarga va eng muhimi tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar bazasini shakllantirishning umum belgilangan talablariga to‘la mos tushadi.
Bunda asosiy jihatlar korxonaning yaqin yillar oralig‘ida bankrot bo‘lmaslik, moliyaviy krizislar qiyinchiliklar, depsinishlar va sinishlar holatiga tushmasligi, majburiyatlarni qoplash yuzasidan ishonchli manbalarga ega va ega emasligini baholashga qaratiladi.
Baholashning umumiy qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchi navbatda korxonaning e’lon qilinadigan va chop etiladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida uning keng qamrovli moliyaviy ahvolini, uning kutilishlarini baholash lozim. Ayniqsa‚ aksionerlik jamiyati, yoki mulki fond birjasida sotiladigan korxonalarning qimmatli qog‘ozlari, aksiyalarining aylanishi, bozordagi holatiga muhim ahamiyat qaratish zarur.
Korxona ishonchliligini baholashda eng muhim xulosalar shuningdek‚ moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari asosida aniqlanadigan koeffitsiyentlar natijalariga qarab chiqariladi.
Ekspress tahlil asosida korxonaning faoliyat samaradorligi, moliyaviy sog‘lomligi, ishonchlilik darajasi bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda normasining o‘zgarishi; aksiya bahosining o‘zgarishi; dividend summalarining o‘zgarishiga qarab korxonaning ishonchlilik darajasini dastlabki xulosalarni berish mumkin.
O‘z navbatida korxonalarning, aksionerlik jamiyatlarining dividend stavkalarini doimiy o‘rganish nafaqat ushbu korxonalarning kredit munosabatlarini tartibga solish‚ balki bank foiz stavkalariga o‘zgarishlar kiritish, kredit shartlarini belgilash moliyaviy boshqaruv strategiyalarini belgilashda ham muhim masala hisoblanadi.
Tahlilda muhim ahamiyat korxonalar aksiyalariga e’lon qilingan dividendlar va bank depozitlari foizi orasidagi nisbat, aloqadorligiga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotda ular orasidagi nisbat bo‘yicha quyidagi kategoriyalar tarkiblanadi:
- aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan 20 foiz oshganda korxonaning investitsion jozibadorligi eng yuqori deb baholanadi;
- aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan 20 foizdan kam bo‘lgan hollarda korxonaning investitsion jozibadorligi nisbatan past deb baholanadi;
- aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foiziga yetmagan hollarda korxonaning investitsion jozibadorligi yo‘q deb baholanadi;
- aksiyalar bo‘yicha dividend qaytimi depozit foizidan kam bo‘lgan va ular orasidagi interval 20 foizdan ortadigan bo‘lsa, korxona faoliyat samaradorligi past deb baholanadi va investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi (bunda uzoq muddatli investitsiyalar mustasno deb qaralishi mumkin);
- aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanmasa yoki to‘lash imkoniyatlari bo‘lmasa bunday korxonalar krizis yoki bankrotlik holatida deb qaraladi.
Korxonalar ishonchliligini baholashda ularning moliyaviy holati, samaradorligining reyting bahosiga ham muhim ahamiyat qaratiladi. Reyting baholash amaliyoti yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimini kategoriyalar bo‘yicha ranjirlashni talab etadi.
Xuddi shu tarkiblash va ranjirlash moliyaviy koeffitsiyentlar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlar bo‘yicha quyidagi kategoriyalarni tarkiblash mumkin:
K1 – kategoriyaga barcha moliyaviy koeffitsiyentlar (likvidlik, kapital tarkibi, rentabellik va aylanuvchanlik) darajasi o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan korxonalar ishonchli, moliyaviy barqaror, investitsion jozibador, to‘lovga qobil, sifat menejmentiga ega korxonalar kiritiladi.
K2 – kategoriyaga likvidlik va xususiy kapital tarkibi bo‘yicha moliyaviy koeffitsiyentlari o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan ortadigan biroq, rentabellik va aylanuvchanlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan past bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalarni to‘lovga qobil, moliyaviy barqaror deyish mumkin, lekin investitsion jozibadorligi, samaradorlikning sifat menejmenti past deb qabul qilinadi.
K3 – kategoriyaga likvidlikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori lekin qolgan moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ahvoli o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan past bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar qisqa muddatli to‘lovga qobil, lekin moliyaviy nobarqarorlikga ega, investitsion jozibadorligi va samaradorlikning sifat menejmenti juda past korxonalar sifatida tarkiblanadi.
K4 – kategoriyaga joriy to‘lov layoqatiga ega lekin oraliq va tezkor to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qolgan moliyaviy koeffitsiyentlar guruhi bo‘yicha o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan juda past bo‘lgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar bankrotlikning boshlang‘ich bosqichidagi korxonalar sifatida qaraladi.
K5 – kategoriya korxonaning joriy to‘lov layoqati 2 dan kichik yoki teng bo‘lgan, qolgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalari qoniqarsiz bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Bunday korxonalar bankrot, krizis holatidagi korxonalar deb e’tirof etiladi.



Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish