Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Balansning muhim turlari va ularning birlik elementlari



Download 6,82 Mb.
bet15/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Balansning muhim turlari va ularning birlik elementlari

Balans turlari

Ifodasi

Belgilar izohi

Buxgalteriya balansi

A=K+M



Aktivlar (A)=Kapital (K)+majburiyatlar
(M)

Tovar balansi

Tb+Ti/ch+Tbk=To+Ts+Tbch

Tovarlar davr boshiga qoldig‘i (Tb) + Ishlab chiqarilgan tovarlar (Ti/ch) + Tovarlarning boshqa kirimi (Tbk) = Tovarlar davr oxiriga qoldig‘i (To) + Tovarlar sotilgani (Ts) + tovarlarning boshqa chiqimi (Tbch)

Byudjet balansi

D=X

Daromadlar (D)=Xarajatlar (X)

Valyuta balansi

Vb+Vk=Vo+Vch

Valyuta mablag‘larining davr boshiga qoldig‘i (Vb) + Valyuta kirimi (Vk) = Valyuta mablag‘lari davr oxiriga qoldig‘i (Vo) + Valyuta chiqimi (Vch)

Majburiyatlar balansi

DM+(-) ortiqchalik (yetishmovchilik) = KM+(-) ortiqchalik (yetishmovchilik)

Debitorlik majburiyatlari (DM) = Kreditorlik majburiyatlari (KM),
Debitorlik kreditorlik majburiyatlaridan farqi (+,-)



Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlarda keng foydalaniladi. Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin.


1.13-jadval
Modellar va ularning tuzilishi

Balans

Modellar

Buxgalteriya balansi

Aktivlar

Kapital

Majburiyat

A=K+M

A=K+M

K=A-M

M=A-K

Tovar balansi

Tovarlarning davr boshiga qoldig‘i

Tovarlarning davr oxiriga qoldig‘i

Tovarlarning sotilgan qismi

Tb+Ti/ch+Tbk=To+Ts+Tbch

Tb=(To+Ts+Tbch)-(Ti/ch+Tbk)

To= (Tb+Ti/ch+Tbk)-(Ts+Tbch)

Ts=(Tb+Ti/ch+Tbk)-(To+Tbch)

Tovarlarning ishlab chiqarilgan qismi

Tovarlarning boshqa kirimi

Tovarlarning boshqa chiqimi

Ti/ch=(To+Ts+Tbch)-(Tb+Tbk)

Tbk=(To+Ts+Tbch)-(Tb+Ti/ch)

Tbch=(Tb+Ti/ch+Tbk)-(To+Ts)

Valyuta balansi

Valyuta mablag‘larini kirimi

Valyuta mablag‘larini chiqimi

Valyuta mablag‘larini davr oxiriga qoldig‘i

Vb+Vk = Vo+Vch

Vk = (Vo+Vch) - Vb

Vch = (Vb+Vk) - Vo

Vo = (Vb+Vk) - Vch



Indeks usuli.
Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda – bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi.
Tahlilda shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish zaruriyati tug‘iladi. Bu kabi muammolarni yechish uchun tahlilda mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Indekslar to‘plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar to‘plamning ayrim elementlarining o‘zgarishini ta’riflaydi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Baza o‘rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o‘zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor (fizik hajm) va sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi.
Indeks usulida hodisaning miqdori (fizik hajmi) – q; narxlar – r; tannarx – s; unumdorlik - w harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko‘rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o‘tgan davr esa “0” bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “S” – yig‘indini bildiradi.
Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
Mahsulot fizik hajmi individual indeksi (iq):
iq=q1/q0
Bu yerda: q1 va q0 – joriy va o‘tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning fizik hajmi. Bu indeks yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt, hudud va obyektlar bo‘yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o‘zgarishini ifodalaydi.

Baho individual indeksi (ir):


ir=r1/r0
Bu yerda: p1 va p0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot bir birligini bahosi (narxi).
Tannarx individual indeksi (iz):
iz=z1/z0
Bu yerda: z1 va z0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot birligini tannarxi.
Umumiy indekslar agregat va o‘rtacha shakllarda bo‘ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o‘tgan davrlar uchun hisoblangan to‘plamlarni o‘zaro taqqoslashga aytiladi.
Agregat shakldagi indeksni ham quyidagicha formula ko‘rinishida yozish mumkin.

Bu indeks mahsulot (yoki tovar oboroti) hajmining umumiy indeksidir. Bu yerda q1p1 va q0p0 joriy va bazis davrlardagi mahsulot qiymati.
Ko‘rinib turibdiki, bu indeks mahsulot fizik hajmini emas, uni qiymatining o‘zgarishini xarakterlamoqda, ya’ni baho o‘zgarsa, qiymat ham o‘zgaraveradi.
Fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o‘tgan davr baholari olinsa, formulani quyidagicha yozish mumkin.

Bu yerda: Sq1p0 – joriy davrdagi mahsulotning qiymati (o‘tgan davr bahosida); Sq0p0 – bazis davridagi mahsulotning qiymati.
Umumiy indekslarni agregat shaklda hisoblash uchun indekslashtirilayotgan belgi va uning vaznlari haqida har bir mahsulot va davrlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi shart.
Indekslar yordamida nafaqat miqdor ko‘rsatkichlari, balki sifat ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Ularga baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik darajasi va boshqalar kiritiladi.
Agarda o‘rganilayotgan qatorning hadlari baza sifatida qabul qilingan bitta had bilan taqqoslansa, bunday indekslar bazisli indekslar, agarda har bir had o‘zidan oldin keladigan had bilan taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi.
1.14-jadval

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish