Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining omilli tahlili (zanjirli almashtirish usulida)



Download 6,82 Mb.
bet241/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining omilli tahlili (zanjirli almashtirish usulida)

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

O‘sishi, %

A

1

2

3

4

1. Sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m

7 745 794 466

10 124 233 076

+2 378 438 610

+130,7

2. Sotishdan sof tushum, ming so‘m

3 362 225 550

5 180 801 340

+1 818 575 790

+154,1

3. Sof foyda, ming so‘m

507 693 607

974 038 284

+466 344 677

+191,2

4. Sof aktivlarning aylanuvchanligi (2/1)

0,434

0,511

+0,077

117,7

O‘zgarish sabablari:




-sof tushumning o‘zgarishi hisobiga

5 180 801 340/7 745 794 466 -0.434

+0.2348

-

-sof aktivlar summasining o‘zgarishi hisobiga

0.511-5 180 801 340 / 7 745 794 466

-0.1578

-

5. Sof aktivlarning aylanish davri, kun (360 / Ksa)

829,4

704,5

+124,9

84,9

6. Sof aktivlar rentabelligi, % (3 / 1*100)

6,5

9,6

+3,1

147,7

O‘zgarish sabablari:




-sof aktivlar summasining o‘zgarishi hisobiga

974 038 284 / 7 745 794 466*100-6.5

+6.1

-

-sof foyda o‘zgarishi hisobiga

9.6 - 974 038 284 / 7 745 794 466*100

-3.0

-

Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning samaradorligini omilli tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, joriy yildagi sof aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan 0.077 ga ortgan. Bu o‘zgarishga sof aktivlar qiymatining ortishi salbiy (-0.1578), sof tushumlar summasining ortishi ijobiy (+0.2348) ta’sir etgan. O‘z navbatida sof aktivlarning rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 3.1 %ga ortishiga quyidagi omillar ta’sir etgan: sof foyda summasining o‘tgan yilgan nisbatan 466 344 677 ming so‘mga o‘zgarishi rentabellikning 6.1 %ga ortishiga; sof aktivlar summasining 2 378 438 610 o‘zgarishi rentabellikning 3.0 %ga kamayishiga olib kelgan.




11.6. Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichlarini tahlili




Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning iqtisodichilar va menejerlar tomonidan baholashga o‘tilganiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatkichni baholash bir qancha moliyaviy koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xususiy kapitalning majburiyatlarga nisbati orqali baholanadi. Uning natijasiga qarab xo‘jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik darajasiga baho berish mumkin.
Quyida moliyaviy leveridj nima ekanligi, uning turlari, aniqlash formulasi, moliyaviy leveridj samaradorligini aniqlash tartiblari hamda ularni tahlil etish tartiblarini ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
Moliyaviy leveridj moliyaviy richag (dastak) deb ham nomlanadi. Uning mazmunini o‘z mablag‘lari manbasi bilan qarz kapitali o‘rtasidagi nisbatda xo‘jalik subyektining foydasiga ta’sir etish darajasini baholash tashkil etadi. Shuningdek, xo‘jalik subyektining istiqboldagi moliyaviy barqarorligini tahlil etish va bashoratlashda ham ushbu bog‘liqlik nisbatidan kelib chiqiladi.
Moliyaviy levridj ko‘rsatkichlarini tahlil etish analitiklarga rentabellikni qo‘shimcha o‘stirish imkoniyatlarini aniqlashda, ichki va tashqi omillar ta’sirida foydaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning risk darajalarini baholashga imkon beradi.
Foydalanish samaradorligi yuzasidan moliyaviy leveridjlarning quyidagi turlari aniqlanadi:
- ijobiy (foyda summasi kreditlar, qarzlar yuzasidan foizlar to‘lovidan ortgan hollarda);
- neytral turlari (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‘lovlari summasigagina yetgan hollarda);
- salbiy (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‘lovlari summasiga yetmagan hollarda).
Moliyaviy leveridj quyidagi formula asosida aniqlanadi:
ML = QK / XK
Bu yerda:
ML – moliyaviy leveridj;
QK – qarz kapitali;
XK – xususiy kapital.
Mazkur formula xo‘jalik subyektining moliyaviy risklarini ham aks ettiradi. Koeffitsiyentning optimal darajasi sifatida 05.-0.8 daraja qayd etiladi.
Moliyaviy leveridj samaradorligini baholashda moliyaviy leveridj koeffitsiyenti va rentabelligini qiyoslash lozim.
Moliyaviy leveridj samaradorligini baholash, tahlil etishning maqsadi xususiy va qarz kapitalidan foydalanish samaradorligini o‘rganishdan iborat.
Moliyaviy leveridj samaradorligini quyidagi bog‘lanishda ifoda etish mumkin:

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish