Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Xo‘jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil



Download 6,82 Mb.
bet29/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Xo‘jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil

Moliyaviy tahlil yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.


Odatda, buxgalteriya hisobini yoki auditni (ichki, tashqi) tashkil etishda rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar ushbu jarayonni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonunning “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish” to‘g‘risidagi 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subyektining rahbari qanday huquqdarga ega ekanligi tarkiblanadi7. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklashi;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, iqtisodiy tahlilga nisbatan ham to‘la mos deyish mumkin.
Tahlilni tashkil etishda ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.
Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakllari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini o‘rganishni xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontirgentlar tomonidan, mulk egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
-tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli-tumanligi;
-hisobga olish va hisobotlashning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarini belgilanganligi;
-tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkazilishi;
-qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
-axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.
Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida korxona aktivlari, o‘z sarmoyasi va majburiyatlarining o‘zgarishiga, to‘lov layoqati va likvidlilik darajasiga, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish aktivligiga, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatiga, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligiga, foyda va rentabellik darajasiga, pul oqimi va xususiy kapitalning o‘zgarishlariga, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi.
Ichki moliyaviy tahlil-korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari tomonidan o‘tkazilib o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq qiladi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlarnigina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha manbalaridan va hisobdan tashqari manbalarini ham kiritish mumkin. O‘rganiladigan masalalar ko‘lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidani kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin.
Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari:
-tahlil subyektlarining tor guruhi;
-tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi;
-teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatini yuqoriligi;
-tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblarning) belgilanmagan usullaridan foydalanish imkoniyatlari;
-aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazishning imkoniyatligi;
-boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi.
Moliyaviy tahlil mazmuni bo‘yicha to‘liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy tahlil turlariga tarkiblanadi
To‘liq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil predmetiga: aktivlardan samarali foydalanish, aktivlarni moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va birliklarning moliyaviy holatini tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha), hamda alohida moliyaviy jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin8.
O‘tkazish davri bo‘yicha moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil turlariga tarkiblanadi.
Oldingi moliyaviy tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart- sharoitlarini bilish bilan bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning to‘lov layoqatini baholash).
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil turidir.
Istiqbolli moliyaviy tahlil – amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat va uning alohida birliklari bo‘yicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir.
Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma- ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:

  • Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish;

  • Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash;

  • Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi;

  • Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi;

  • Qarorlar tayyorlash bosqichi;

  • Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.

Iqtisodiy tahlilni yoki moliyaviy tahlilni tashkil etishdagi yondashuvlar turlicha bo‘lganligi bilan ularning mazmuni albatta bitta jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali o‘tkazishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlil - moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida firma va kompaniyalarning moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yishni tavsiflaydi. Moliyaviy tahlilda firma va kompaniyalar mulki, kapitali va majburiyatlarining holatiga, faoliyat natijaviyligiga, asosiy va aylanma kapital holatiga va samaradorligiga, pul mablag‘lari va xususiy mablag‘larning holatiga baho beriladi.
Moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan masalalarni quyidagi 1.38-jadvalda ko‘rib chiqish mumkin.
1.38-jadval

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish