Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari



Download 6,69 Mb.
bet80/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

3.3. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari


Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi.


Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi.
Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.
Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
-ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida;
-erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida;
-reja va dasturlarni doimiy korrektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida;
-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida;
-faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida;
-joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida; 
-real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida;
-matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida;
-keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida;
-innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligida;
-risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.
Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi:
- tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari;
- royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari;
- mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar;
- xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
- sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari;
- foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa;
- vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari.
Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:
- aylanma mablag‘lar miqdori;
- resurslarni safarbar qilish yo‘llari;
- moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari;
- sarf-xarajatlarni optimallashtirish;
- asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish;
- tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;
- sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar.



Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish