Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Buxgalteriya balansi passiv tomoni klassifikatsiyasi



Download 6,69 Mb.
bet56/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

Buxgalteriya balansi passiv tomoni klassifikatsiyasi

Passiv (P)

O‘z mablag‘lari manbai (O‘MM)

Majburiyatlar (M)

Xususiy kapital

Uzoq muddatli kredit va qarzlar (UM)

Qisqa muddatli kredit va qarzlar(QM)

Kreditorlik majburiyati(K)

Doimiy passivlar (DP)

Majburiyatdagi passivlar (MP)

Balansdagi ifodalar:

Umumiy ifodalar




A=P

(2.1)

UMA+JA=O‘MM+M

(2.2)

MBUMA+MUMA+MBJA+MJA=O‘MM+UM+QM+K

(2.3)

PKBA+PKA=DP+MP

(2.4)

Birlik ifodalar




UMA=MBUMA+MUMA

(2.5)

JA=MBJA+MJA

(2.6)

PKBA=MBUMA+MUMA+MBJA

(2.7)

LA=MUMA+MBJA+MJA

(2.8)

Moliyaviy bo‘lmagan uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy uzoq muddatli aktivlarga uzoq muddatli investitsiyalar kiritiladi.
Moliyaviy bo‘lmagan joriy aktivlarga ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, tovarlar, kelgusi davr xarajatlari, kechiktirilgan xarajatlar va debitorlik majburiyatlari kiradi.
Moliyaviy joriy aktivlarga pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar kiradi
2.6-jadval
Aktivlarning turli shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik

Aktivlar shakli

Moliyaviy bo‘lmagan aktivlar

Moliyaviy aktivlar

Jami aktivlar

Uzoq muddatli aktivlar

MBUMA

MUMA

UMA

Joriy aktivlar

MBJA

MJA

JA

Jami aktivlar

MBA

MA

A

2.7-jadval


Aktivlarni mazmuni bo‘yicha tarkiblanishi

Aktivlarni manbalashni mazmuni

Xususiy (XK)*

Qarzga olingan (QK)

Tashqi qarz (TQ)**

Ichki qarz (IQ)***

* - O‘z mablag‘lari manbai

** - Uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar, kreditorlik majburiyatlarining tashqi qismi

*** - Kreditorlik majburiyatlarini ichki qismi

Xususiy kapital – o‘z ichiga ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va o‘z mablag‘lari manbaining boshqa tarkiblarini (maqsadli tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar zaxirasi) oladi.


Tashqi qarz – bank kreditlari va qarzlarini, olingan avans to‘lovlarini, kreditorlik majburiyatlarining mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qismini o‘z ichiga oladi.
Ichki qarz – korxonaning mehnat haqidan, soliqlar, to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzidan, jalb qilingan qarz mablag‘lari yuzasidan foizlar, aksionerlarga e’lon qilingan dividendlar bo‘yicha majburiyatlardan iborat bo‘ladi
2.7-jadval
Buxgalteriya balansi moddalarining mulkiy egaligi bo‘yicha tuzilishi

Mulk

O‘ziga tegishli mulk

Qarzga olingan mulk

Jami

Pul ko‘rinishida bo‘lmagan mulk (PKB)=MBUMA+MUMA+MBJA

XK (PKB)

QK (PKB)

PKB

Pul ko‘rinishidagi mulk(PK)=MJA

XK(PK)

QK (PK)

PK

Jami mulk

XK

QK

A

2.8-jadval


Buxgalteriya balansidagi moddalarning o‘zgarishlari

Mulk

Davr boshiga debet qoldiq

Xususiy mulk

Qarzga olingan mulk

Davr oxiriga debet qoldiq

O‘sish darajasi

Davr boshiga kredit qoldig‘i

Ab

XKb

QKb

-

-

Pul shaklida bo‘lmagan mulk (PShBM)

PShBMb



PShBMo


Pul shaklidagi mulk (PShM)

PShMb



PShM0


Davr oxiriga kredit qoldig‘i

-

XK0

QK0

A0

-

O‘sish darajasi

-



-


Moliyaviy hisobotlar tarkibida buxgalteriya balansi markaziy o‘rinda turadi va undagi ko‘rsatkichlarni tahlil etish va baholash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvolidan voqif bo‘linadi.


Xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy axvolidagi o‘zgarishlar albatta mulkiy va moliyaviy munosabatlar tufayli yuzaga keladi. Odatda, moliyaviy munosabatlarning klassik formulasi sifatida quyidagi bog‘lanishdan foydalaniladi:

Pul1 => Tovar1 => Pul2* => Tovar2* => Pul3*...

(2.9)

*sikl natijasidagi yutuq: Pul1
Ushbu formulani iqtisodiy jarayonlarga nisbatan rasmiylashtirsak quyidagi ko‘rinishga keladi:

PM=>R=>ICh=>TF=>XK=>PM*...

(2.10)

Bunda: PM – pul mablag‘lari;
PM* - sikl natijasidagi yutuq: PM < PM*
R – resurslar;
ICh – ishlab chiqarish;
TF – tijorat faoliyati;
HK – hisob-kitoblar.
Korxona aktivlari, xususiy kapital (sarmoya) va majburiyatlar buxgalteriya balansining elementlari hisoblanadi.
2.9-jadval
Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari

Buxgalteriya balansi elementlari

Tavsifi

Tarkibiy tuzilishi

Aktivlar

Subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir

Uzoq muddatli aktivlar:

-Asosiy vositalar:

-Nomoddiy aktivlar

-Uzoq muddatli investitsiyalar

-O‘rnatiladigan asbob-uskunalar

-Kapital qo‘yilmalar

Joriy aktivlar:

-Tovar moddiy zaxiralar

-Debitorlar

-Pul mablag‘lari

-Qisqa muddatli investitsiyalar

Xususiy kapital (sarmoya)

Subyektning majburiyatlarini chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir

O‘z mablag‘lari manbasi:

-Ustav kapitali

-Qo‘shilgan kapital

-Zaxira kapitali

-Taqsimlanmagan foyda

-Maqsadli tushumlar

-Kelgusi davr to‘lovlar zaxirasi

Majburiyatlar

Shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir

Uzoq muddatli majburiyatlar

Joriy majburiyatlar

Korxona aktivlarlari va majburiyatlarini baholash.
Baholash – aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir.
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar sotib olish vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi.
Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir.
Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyektning normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Balans qiymati. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlang‘ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish