Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Asosiy faoliyat natijasi va uning tahlili



Download 6,69 Mb.
bet192/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

Asosiy faoliyat natijasi va uning tahlili

Asosiy faoliyat natijasi ko‘rsatkichlari

Satri

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

O‘sishi, %

Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum

010

3 362 225 550

5 180 801 340

1 818 575 790

154.0

Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi

020

2 474 622 038

3 191 287 162

716 665 124

128.9

Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr.010-020)

030

887 603 512

1 989 514 178

1 131 910 666

224.2

Davr xarajatlari, jami (satr 050+060+ 070+ 080), shu jumladan:

040

568 302 199

752 744 444

184 442 245

132.3

Boshqa operatsion xarajatlar

070

135 306 333

178 630 359

43 324 026

132.0

Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari

080

-

-

-

-

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

090

-

-

-

-

Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) (satr 030-040+090)

100

454 607 646

1 415 400 093

960 792 447

3.12

Korxonada mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 818 575 790 ming so‘mga, foizda 54 %ga ortgan. Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi o‘tgan yilga nisbatan 716 665 124 ming so‘mga foizda 28.9 %ga ortgan. Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 131 910 666 ming so‘mga foizda 2.2 baravarga ortgan. Davr xarajatlari, operatsion xarajatlarning ham o‘sishi kuzatilgan. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari kuzatilmagan. Asosiy faoliyatning natijasi o‘tgan yilga nisbatan 960 792 447 ming so‘mga yoki 3.12 baravarga ortganligini ijobiy baholash mumkin.




9.5. Marjinal foyda tahlili


Biznesni boshqaruv qarorlarini asoslashda marjinal tahlil muhim rol o‘ynaydi. Marjinal foyda tahlilida o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning uchta guruhini tarkiblash mumkin. Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish (sotish) hajmi, xarajatlar (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas) va foyda ko‘rsatkichlaridir.


Mazkur usul ko‘pincha zararsizlik tahlili deb yuritiladi. Ushbu usul amerika olimlari tomonidan 1930-yillarda ishlab chiqilgan. Uning g‘oyaviy muallifi asli kasbi injener bo‘lgan Uolter Rautenshtrax hisoblanadi. Uslubiyot negizida, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga muvofiqlikda o‘zgarib turuvchi va o‘zgarmas xarajatlarning tarkiblanishi turadi58.
Korxonaning marjinal daromadi – sotishdan tushumdan o‘zgaruvchan xarajatlarni chegirish asosida aniqlanadi. Mahsulot birligidan marjinal daromad ushbu mahsulotning bahosi bilan unga ketgan o‘zgaruvchan xarajatlarning farqiga teng. Baho tarkibida esa faqat o‘zgaruvchan xarajatlar emas, balki doimiy xarajatlar va foyda summasi ham aks etadi.
Marjinal tahlilning asosiy jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- zararsiz ishlash hajmini aniqlash;
- korxonaning xavfsiz (zararsiz) ishlash doirasini belgilash;
- foydaning ko‘zlangan hajmida mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilab olish;
- marjinal daromadlikka erishishda doimiy xarajatlarning kritik darajasini aniqlash;
- belgilangan topshiriqlarni uddalashda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar ta’sirida mahsulot bahosining kritik darajasini belgilab olish.
Marjinal daromadning odatda uchta tur ko‘rsatkichi hisob-kitob qilinadi59:

  • Mutlaq marjinal daromad;

  • Nisbiy marjinal daromad;

  • Operatsion richag.




Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish