Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Risklar tahlili. Kreditga layoqatlilikni baholashda nazoratning davomiyligi



Download 6,69 Mb.
bet175/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

7.10. Risklar tahlili. Kreditga layoqatlilikni baholashda nazoratning davomiyligi.


Kredit risklari bilan bog‘liq muammolar, shuningdek‚ risklarni boshqarish zaruriyati bozor iqtisodiyotining chuqurlashuvi va xalqaro iqtisodiyotning globallashuv sharoitida muhim masalalardan biri hisoblanadi.


Kredit risklari xususida gap ketganda, asosiy e’tiborni ushbu risklarning tabiatiga, mohiyatiga, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlariga qaratish lozim.
Xalqaro bank amaliyotida risklar bilan bog‘liq munosabatlar asosan aktiv operatsiyalar jarayonida ro‘y beradi. Tijorat banklarining riskka bog‘liq bo‘lgan asosiy aktiv operatsiyalari sifatida kredit va investitsiya operatsiyalarini keltirish mumkin.
Bank risklari vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi jihatidan turli-tuman bo‘lib, ularning barchasi pul egasining kredit sifatida yo‘naltirgan qiymatining va unga to‘lanadigan foiz to‘lovlarining to‘lig‘icha qaytib kelmasligi bilan izohlanadi.
Kredit xatari yoki qarzni qaytarmaslik xavfi kreditorning kredit kelishuviga asosan kreditni o‘z vaqtida qaytarilishiga va kredit shartlarini bajara olishiga ishonchsizligidan kelib chiqadi. Kredit riski bank faoliyatida uchraydigan risklarning eng yirigidir. Shuning uchun tijorat banklari kredit siyosatida bu jarayonga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarilishi va kredit shartlarini bajara olishiga ishonchsizligining ko‘rinishlari sifatida kreditlarni to‘liq qaytarmaslik, qisman qartarmaslik (bu holat ko‘pincha olingan kreditlarning foizlari va komission to‘lovlarida tegishli bo‘ladi) yoki muddatning kechiktirishlari nazarda tutiladi.
Kredit riski qarz oluvchining kredit shartnomasi shartlariga muvofiq to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olmasligi xavf-xatarlarini xarakterlaydi.
Banklarning risklarini yo‘qotishning eng maqbul yechimiga qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish orqaligina erishiladi. Bunda likvidlilik va mustaqillik (avtonomiya) risklariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kredit riski kredit oluvchining qarzdorlikni so‘ndirishi yuzasidan imkoniyatsizligi, pul oqimini to‘g‘ri shakllantira olmasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, rahbar va korxona egalarining ishchanlik reputatsiyasining pastligi yoki kriminal xissiyotlarining ustunligi bilan yuzaga keladi.
Shu bilan birga davlat organlari va ayrim shaxslarninng bosimi tufayli ham ushbu risklarga boriladi.
Kredit risklarining yuqoriligiga xodimlar malakasining pastligi, jamoadagi ijtimoiy keskinlik, poraxo‘rlik holatlari ham kuchli ta’sir etadi.
Kredit risklarini baholash birinchi navbatda potensial qarz oluvchilar bilan tanishuvdan boshlanadi. Bunda mijozning reputatsiyasi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, marketing va moliyaviy boshqaruvdagi qobiliyatiga baho beriladi. Kredit taklifining qanchalik yaxshi tayyorlanganligi, uning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik jihatdan qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi, kreditning maqsadliligi va uning bank, qarz oluvchi, alohida ijtimoiy qatlamlar, tarmoq, hudud uchun ahamiyatli ekanligiga muhim e’tibor qaratish zarur. Ijobiy baholash kredit mahsulotlari yuzasidan muhim qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu jarayon bevosita mijozning kreditga layoqatliligini, moliyaviy ahvolini va pul mablag‘lariga harakatini baholashga imkon beradi. Yakuniy jarayon albatta kredit shartnomasini rasmiylashtirish jarayoni hisoblanadi.
Risklarni boshqarishning muhim yo‘nalishi sifatida to‘lovlar grafigini shakllantirish va uning doimiy monitoringini tashkil etish hisoblanadi. Bu jarayon tezkor kredit monitoringini olib borishni nazarda tutadi. Uning asosiy maqsadi muammoli kreditlarni aniqlash va ularni undirish choralarini ko‘rishga qaratilgan.
Olingan kreditlarni muddatida to‘lamaslik, kechiktirish juda ko‘p kuzatiladigan holatlar hisoblanadi. Uning muhim sabablari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: debitorlik majburiyatlarining tushib ketishi; likvidlik koeffitsiyentining pastligi; sotish hajmining tushib ketishi; operatsion faoliyat zarari; zaxiralarning ortiqcha jamg‘arilishi va ushlab turilishi; muhim mijozlarni yo‘qotishi, qarz oluvchining biznes sheriklari ehtiyotkorligi, rahbarlarning bank bilan aloqa qilishdan qochishi, ularning talab qilingan axborotlarni berishdan bosh tortishi yoki kechiktirishlari va h.k.
Risklarni zararsizlantirishning ichki omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mijozning kreditga layoqatliligini baholash (profilaktika amallari, risklarni oldini olish; qarzning hajmiga va potensial tavakkalchilik darajasiga qarab qarz qarorini olish vakolatini chegaralash; loyihani birgalikda moliyalashtirish, qisman qarzdorning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalash; korxona boshqaruvi va menejmentida muammoli kreditlar bilan ishlashning mavjudligi; shartnomada kelishilgan majburiyatlarning himoyalanganligi (axborot ta’minoti, ta’minot, jarimalar, foizlar to‘lovi); ichki bo‘g‘inlar ish faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi (iqtisodiy tahlil bo‘limi, xavfsizlik bo‘limi va h.k.); huquqiy javobgarlikni qo‘llash holatlari va h.k.
Kredit riskining (minimal oqibatlari, zararlar) kamaytirishga qaratilgan harakatlarga: kredit portfelini divertsifikatsiyalash; alternativ pul oqimlarini shakllantirish; bitta mijozga beriladigan kreditlarning aniq miqdorini cheklash; diskontlangan ssudalarni berish; qarz majburiyatlarini uchinchi shaxsga chegirmalar bilan sotishni kiritish mumkin.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘stirishning amaliy chora- tadbirlari, ularning moliyaviy holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va natijalardan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni, to‘lovga qobil korxonalarda belgilanadigan chora-tadbirlar, to‘lovga noqobil, moliyaviy nobarqaror korxonalarda belgilanadigan chora-tadbirlardan keskin farq qiladi. Ulardan biri moliyaviy barqarorlikni saqlab qolishga harakat qilsa, ikkinchisi muammoni hal etish va yashab qolish harakatiga tushadi.
To‘lovga noqobillik yoki kreditga layoqatlilikni o‘stirishni muhim tadbirlariga quyidagilar kiradi.
Korxonalar aktivlari va passivlarini joylashtirishni qayta ko‘rib chiqish. Uning mazmunini qanday tushunish mumkin?
Korxonalarda likvid mablag‘larining aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida ortiqcha aylanma aktivlarni hisobdan chiqarish, asosiy va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish zaruriyatidan ortig‘ini aylanma mablag‘lar qatoriga olish (ularni sotish, buzish, hisobdan chiqarish va boshqa yo‘llar bilan), debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini so‘ndirish (yo‘l qo‘yilgan tartiblarda), qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni maqsadli joylashtirish.
To‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari orasidagi nisbatdagi manfiy o‘zgaruvchanlik sababini moliyaviy holatdagi tanglikdan emas, balki, ishlab chiqarish va boshqaruvning quyi bo‘g‘inlaridan izlash lozim. Ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni yaxshi yo‘lga qo‘yilmasligi, ishlab chiqarish xarajatlarini oshib ketishi, narx belgilash siyosatining to‘g‘ri yuritilmasligi va boshqalar.
To‘lovga noqobillik sharoitida mablag‘lar yetishmovchiligini hal etish yuzasidan avvalo, ichki imkoniyatlarni aniqlab olish va ularni ishga solish lozim. Noqobillik sharoitida boshqa bir subyektdan qarz so‘rash va uning ishonchini oqlashni iqtisodiy imkoniyati bo‘lmaydi.
Korxonalar noishlab chiqarish bo‘g‘inlari, uning balansida turuvchi faoliyatning boshqa obyektlarini xarajatlarini kamaytirish, to‘xtatish yoki o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazish lozim.
Korxonalarni pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining aylanishida qat’iy rejalarni belgilash va unga doimiy amal etish lozim. Shuningdek, pul mablag‘larini qarz majburiyatlariga ishlatishini aniq rejasini tuzib olish zarur.
Mablag‘lar aylanuvchanligini tezlashtirishning imkoniyatlarini oshirish yuzasidan hisob-kitoblarning bekor qilingan, to‘xtatilgan, shuningdek‚ zamonaviy shakllariga keng yo‘l ochish lozim.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini ta’minlash va uni o‘stirishda albatta‚ ularning investitsion aktivligiga ham ahamiyat berish lozim. Investitsion aktivlik bu qarz olish va uni qaytarishdan keskin farq etadi.
Korxonalarda kreditga layoqatlilikni baholashni asosiy jihatlaridan biri o‘z oborot mablag‘lari naqdligiga qaratilganligi bois ularni manbalashni o‘z mablag‘lari manbasi bilan bog‘liq bo‘lgan qatorlarini oborot aktivlari normativlaridan kelib chiqqan holda baholash lozim. Bunda oborot aktivlarining ortiqchaligi manbalashdagi holatni buzib ko‘rsatishga olib keladi. Kam hollarda esa sun’iy ravishda oshib ketishiga olib keladi.
Korxonalar kreditga layoqatliligini o‘stirishning muhim chora- tadbirlaridan biri bu bevosita hisob-kitoblardagi majburiyatlarni ichki va tashqi majburiyatlarga tarkiblash orqali baholash amaliyotiga o‘tishdir. Korxona majburiyatlari qatoridan ichki majburiyatlarni chegirish ushbu xarajatlarni yo‘q qilmaydi‚ lekin to‘lovga qobillikni oshirishda sezilarli siljishga imkon beradi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish