Ta’sir birliklari modeli
|
Iqtisodiy tasniflari
|
Ts = UMA * AVumas * AVjavs * FQav
|
UMA – Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;
AVumas – asosiy vositalarning uzoq muddatli aktivlardagi salmog‘i;
AVjavs – aktiv asosiy vositalarning jami asosiy vositalarning tarkibidagi salmog‘i;
FQav – asosiy vositalarning aktiv qismining fond qaytimi
|
Ts = ∑JA * Tjas - Tak
|
JA – Joriy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;
Tjas – tovarlarning joriy aktivlardagi salmog‘i;
Tak – tovarlarning aylanish koeffitsiyenti
|
Ts = ∑X * Ixts * MUi
|
X – xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni;
Ixts – ishchilarning xodimlar tarkibidagi salmog‘i;
MUi – ishchilarning mehnat unumi
|
Daromadlarning moliyaviy faoliyatdan va favqulodda holatlardan yuzaga kelgan qismi tahlilda alohida o‘rganiladi va ularning ta’sir birliklari yuqoridagi tarkibdan tubdan farq qiladi.
7.9. Kreditlarning muddatliligi va maqsadliligi bo‘yicha ishlatilish tahlili
Kreditning muddatliligi – bu olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarib berishlik bilan tavsiflanadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo‘lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko‘rsatilgan ma’lum muddatda kreditning qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z vaqtida qaytib olsa, uni egasiga o‘z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o‘z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutilishidan manfaatdor. Kreditning muddati bo‘yicha kredit shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo‘yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqalar)ni qo‘llashi mumkin. Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo‘jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish, tovarlarni sotish muddatlariga va pirovard natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga ham bog‘liqdir.
Olingan kreditning maqsadli ishlatilganligi muhim masala hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar-moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror obyektga maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak. Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo‘natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy resurslarga bo‘lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z ixtiyori bo‘yicha ishlatiladi.
Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash sohasida cheklangan tarzda qo‘llaniladi, o‘rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo‘llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi.
O‘zining faoliyat doirasiga qarab, qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir necha guruhlarga bo‘linishi mumkin.
Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo‘yicha kreditlar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlariga beriladi. Bu kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bo‘lib, tijoratchilar ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga egadir.
Bank tomonidan kreditlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachilari: broker, makler, dilerlik firmalariga ham beriladi.
Ko‘chmas mulk uchun ipoteka kreditlari berilishi ham mumkin. Ular ham oddiy, ham ixtisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beriladi. Bu hozirda xorij amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, hatto ba’zi manbalarda kreditning alohida shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Banklararo kreditlar – bank kreditining keng tarqalgan shakllardan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma’lum bir tijorat bankning boshqa turlardagi ssudalar berish siyosatini aniqlab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu me’yorning aniq miqdori (foiz stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Kreditlarning maqsadliligini tasniflashda ularning uzoq va qisqa muddatga kreditlarga bo‘linishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Odatda, uzoq muddatli aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan uzoq muddatli kreditlar, joriy aktivlarni moliyalashtirsh uchun qisqa muddatli kreditlar jalb etiladi. Farqlash muddati sifatida bir yildan oshiq va bir yilgacha muddat chegaralangan.
Balans moddalariga nisbatan joriy holatni baholashda quyidagi sxematik bog‘lanishlarini berib o‘tish lozim.
Balans aktivini moliyalashtirish tartiblari
Aktivlar
|
Summa
|
Passivlar
|
Summa
|
Moliyalashtirish manbasi
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
A4
|
O‘z mablag‘lari manbasi
|
P4
|
P 4 A4, A3
|
Joriy aktivlar
shu jumladan:
|
|
Majburiyatlar
shu jumladan:
|
|
|
Tovar moddiy zaxiralar
|
A3
|
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar
|
P3
|
P 3 A4
|
Debitorlik majburiyatlari
|
A2
|
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar
|
P2
|
P 2 A3, A2
|
Pul mablag‘lari
|
A1
|
Kreditorlik majburiyatlari
|
P1
|
A 1 P1,P2,P3
|
Kreditning maqsadli ishlatilishi va muddatligini o‘rganishdan tashqari ulardan oqilona foydalanish darajasini, samaradorligini ham baholash lozim.
Bu nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to‘lashni, bundan tashqari, shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishayotganligini ham baholash imkonini beradi.
Kreditlar albatta ma’lum bir loyihalarning bajarilishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan oldin loyihani bajarish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur.
Agar iqtisodi rivojlangan davlatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo‘yiladigan mablag‘larning samaradorligiga muhim e’tibor qaratilishini ko‘rishimiz mumkin.
Agarda loyihaga qo‘yiladigan mablag‘lar iqtisodiy va moliyaviy samara beradigan bo‘lsa, shu loyiha uchun mablag‘ ajratiladi.
Kreditning samaradorligi ishlab chiqarish va savdo hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Samaradorlik kreditning tamoyillarini bajarilishi uchun asos hisoblanadi. Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi.
Ishlab chiqarish va sotish hajmi qanchalik katta, kredit resurslarining aylanish davri qanchalik qisqa bo‘lsa‚ kredit qo‘yilmalarining samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |