Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,96 Mb.
bet150/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ ning jamlangan buxgalteriya balansi

Ko‘rsatkichlar

2017-2018yy.

AKTIV

01.01.2017y

01.04.2017y

01.07.2017y

01.10.2017y

01.01.2018 y

1. Uzoq muddatli aktivlar

10 219 731 945

11 151 959 813

11 195 178 476

11 778 032 823

12 593 199 960

Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati

10 527 417 487

11 341 824 771

13 056 620 251

13 186 532 286

14 773 593 626

Asosiy vositalar eskirish qiymati

3 423 307 367

3 788 793 507

3 945 211 086

4 125 679 858

4 320 658 666

Asosiy vositalar qoldiq qiymati

7 104 110 120

7 553 031 264

9 111 409 165

9 060 852 428

10 452 934 960

Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati

417 151

335 519

526 894

435 179

345 379

Kapital qo‘yilmalar

2 834 711 892

3 308 810 890

1 783 170 063

2 396 325 565

1 572 602 311

Boshqa uzoq muddatli aktivlar

280 492 782

289 782 140

300 072 354

320 419 651

567 317 310

2. Joriy aktivlar

2 978 372 713

3 522 490 664

4 234 880 927

10 571 776 648

11 683 693 105

Ishlab chiqarish zaxiralari

819 530 511

761 929 334

807 974 274

805 958 807

1 047 437 972

Kelgusi davr xarajatlari

1 366 091 169

1 926 260 257

2 439 824 162

8 466 493 743

8 441 062 224

Pul mablag‘lari

171 917 383

167 990 329

198 395 625

199 248 750

468 669 767

Boshqa joriy aktivlar

117 495 315

114 011 429

118 290 042

112 380 694

160 480 738

Debitorlar, jami

503 338 335

552 299 315

670 396 824

987 694 654

1 566 042 404

Shu jumladan:
















Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar

163 855 350

162 134 584

179 194 017

304 669 491

268 038 094

Byudjetga avans to‘lovlari

7 740 384

6 510 004

8 801 153

5 388 750

5 252 951

Aktiv bo‘yicha jami

13 198 104 658

14 674 450 477

15 430 059 403

22 349 809 471

24 276 893 065

PASSIV

01.01.2017y

01.04.2017y

01.07.2017y

01.10.2017y

01.01.2018 y

1. O‘z mablag‘lari manbasi

7 745 794 466

8 567 616 791

8 644 944 914

8 963 743 430

10 124 233 076

Ustav kapitali

614 384 306

614 384 306

614 384 306

614 384 306

828 202 670

Rezerv kapitali

5 737 851 427

6 360 555 463

6 480 827 061

6 590 488 428

8 121 422 920

Taqsimlanmagan foyda

507 693 607

416 753 023

344 928 794

160 996 840

223 400 675

Boshqa manbalar

885 865 126

1 175 923 999

1 204 804 753

1 597 873 856

951 206 811

2. Majburiyatlar

5 452 310 192

6 106 833 686

6 785 114 489

13 386 066 041

14 152 659 989

Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari

4 675 490 146

5 329 297 527

5 927 142 095

12 154 367 349

12 304 013 149

Boshqa majburiyatlar

14 744 216

12 729 877

10 091 394

9 142 953

8 878 479

Kreditorlik majburiyatlari, jami

762 075 830

764 806 282

847 881 000

1 222 555 739

1 839 768 361

Shu jumladan:
















Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga majburiyatlar

219 818 890

177 094 949

250 590 908

306 494 641

514 650 184

Byudjetga majburiyatlar

20 798 130

35 632 293

40 718 997

40 080 238

62 317 043

Balans passivi bo‘yicha jami

13 198 104 658

14 674 450 477

15 430 059 403

22 349 809 471

24 276 893 065

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (2016-2017 yy.)



Ko‘rsatkichlar nomi

2017 yil

2016 yil

Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum

5 180 801 340

3 362 225 550

Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi

3 191 287 162

2 474 622 038

Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi

1 989 514 178

887 603 512

Davr xarajatlari

752 744 444

568 302 199

Boshqa operatsion xarajatlar

178 630 359

135 306 333

Asosiy faoliyatning foydasi

1 415 400 093

454 607 646

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

833 455 050

159 047 300

Moliyaviy faoliyatning daromadlari

506 789 162

269 112 080

Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda

1 088 734 205

564 672 426

Favquloddagi foyda va zararlar

0

0

Daromad (foyda) solig‘i

30 730 577

16 304 363

Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar

83 965 344

40 674 456

Hisobot davrining sof foydasi

974 038 284

507 693 607



Takrorlash uchun savollar
Barqarorlik nima?
Moliyaviy barqarorlik nima?
Moliyaviy barqarorlik tahlili mazmuni, maqsadi va vazifalari?
Moliyaviy barqarorlikning ko‘rsatkichlar tizimi: mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari?
Mutlaq moliyaviy baqarorlik va uning shartlari?
Me’yoriy barqarorlik va uning muhim shartlari?
Nobarqarorlik va uning sabablari?
Iqtisodiy nochorlik, bankrotlik holatidagi nobarqarorlik va uning muhim shartlari?
Iqtisodiy resurslar nima?
Moliyaviy resurslar nima?
Inson kapitali nima?
Iqtisodiy resurslar va ularning moliyaviy tuzilmasi?
Iqtisodiy resurslar likvidligi?
Iqtisodiy resurslarning tarkibiy tuzilishi va joylashtirilishi to‘lovga qobillikni ta’minlashdagi o‘rni?
Iqtisodiy resurslarning moliyaviy ahvol va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni?
O‘z aylanma mablag‘lari tushunchasi va uning aniqlanishi?
O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlikni tahlili?
Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili?
Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar?
Moliyaviy mustaqillik (avtonomiya) koeffitsiyenti?
Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti?
O‘z va qarz mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti?
O‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti?
O‘z aylanma mablag‘larining to‘planish koeffitsiyenti?
Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ichki imkoniyatlarni aniqlash?

7-bob. KREDITGA LAYOQATLILIK TAHLILI




7.1.Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
7.2.Kreditga layoqatlilikning tavsifi.
7.3.Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari: ekspert baholash va ballik (skoring) baholash tizimi.
7.4.Kreditga layoqatlilikni baholashda tijorat banklarining kredit siyosatining o‘ziga xos jihatlari.
7.5.Korxonaning ishonchliligini baholash.
7.6.Raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish qobiliyatini tahlili.
7.7.Daromad tahlili.
7.8.Kredit resurslari maqsadligini tahlili.
7.9.Kreditga layoqatlilikni moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash.
7.10.Kreditni ta’minlanganligini tahlili.
7.11.Risklar tahlili. Kreditga layoqatlilikni baholashda nazoratning davomiyligi.

7.1.Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni,
maqsadi va vazifalari


Korxonalar iqtisodiy faoliyatida albatta, qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar. Negaki, biznesni dastlabki qadamiga tadbirkorlarda doimo ham mablag‘ yetarlicha bo‘lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlarning biznes hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo‘lga qo‘yiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan naf ko‘radilar.


Korxonalarni kreditga layoqatliligini baholashni tasdiqlangan me’yoriy dalolatnomalari va nizomlariga tayangan holda har bitta biznes subyektini kreditni, qarzni qaytarib berish layoqati o‘rganilmog‘i lozim. Bu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Iqtisodiyot Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash Qo‘mitasi va tegishli Vazirliklar tomonidan tuzib chiqiladi.
Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarning tarkiblanishi qarz munosabatlarini rasmiy jihatlariga ta’sir etmaydi. Ya’ni har ikkala holatda ham moliyaviy holat tahlili bo‘yicha bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar amalga oshiriladi. Odatda muddatliligi bo‘yicha kreditlar va qarzlar uzoq, o‘rta va qisqa muddatga tarkiblanishi belgilangan. Lekin hisob amaliyotida ularni uzoq va qisqa muddatli guruhga tarkiblash amaliyoti joriy etilgan.
Uzoq muddatli kreditlar – uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar yuzasidan, ularni sotib olish, qurish, ta’mirlash, ilmiy yangiliklar kiritish kabi yo‘nalishlarda) moliyalashtirish yuzasidan bir yildan ortiq muddatga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlar – joriy, aylanma aktivlarni to‘ldirishga, savdo hajmini oshirishga va boshqa maqsadlarga bir yilgacha muddatga beriladi.
Korxonalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta ishlangan biznes rejaga va investitsion loyihalarga e’tiborni qaratishi lozim. Lekin ungacha albatta, ushbu korxonaning, moliyaviy ahvoli o‘rganilmog‘i lozim.
Kredit resurslarini jalb etishda risklarni baholash masalasiga ham alohida ahamiyat qaratish zarur. Afsuski, bu borada amaliyotda tahliliy yechimlarning aniq metodologik jihatlari belgilanmagan.
Kredit arizasi bergan korxonaning moliyaviy tahlilida muhim obyekt sifatida birinchi navbatda uning to‘lov layoqati, qoplov koeffitsiyenti baholanadi.
Korxonalar tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning to‘lovga qobilligiga, balki uning mablag‘larini harakatchanlik (likvidlilik) darajasiga ham bog‘liq. Shu sababli‚ tahlil etishda buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida korxonalarning harakatchan mablag‘lari holatiga, tez va sekin pulga aylanuvchi aktivlariga, nolikvid mablag‘lar holatiga, ularning to‘lov muddati kelgan, qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar nisbatiga, doimiy passivlarni nolikvid va likvid mablag‘larni manbalashiga baho berish talab etiladi.
So‘nggi paytlarda olingan kredit resurslarining o‘z vaqtida qaytmaslik hollariga ko‘p duch kelinmoqda. Shu sababli, korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida quyidagi qo‘shimcha mavzularni o‘rganish tavsiya etiladi;

  • korxonalarning rentabellik darajasi;

  • aylanma mablag‘larning holati;

  • o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki;

  • ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;

  • to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga;

  • korxonalarning pul va qimmatli qog‘ozlarining mavjudligiga va boshqa jihatlariga ahamiyat beriladi.

Korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi rivojlanishini baholashda banklar tomonidan quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratiladi:



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish