Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar



Download 6,69 Mb.
bet51/296
Sana31.03.2022
Hajmi6,69 Mb.
#520663
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Aktivlar – xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa voqealarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni sotib olib yoki hosil qilib unga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar va voqealar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk va h.k. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatilishini boshqarish uchun foydalanadi.
Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan har xil yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, aktivdan:
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;
- boshqa aktivlarga almashtirilishi;
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning egalari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari moddiy shaklga ega. Biroq, moddiy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari aktivlardir, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni kutayotgan bo‘lsa.
Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bog‘liqdir. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‘lgan foydani nazorat qilsa.
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga berilgan obyektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish