Bog'liq Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy
O‘MM + UMKQ – UMA = O‘AMN / TMZ O‘AMN + KMKQ / TMZ O‘z aylanma mablag‘lari naqdligi va qisqa muddatli qarz kapitali TMZlarni moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini oshirish yuzasidan quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish talab etiladi:
- xususiy kapitalni hajmini oshirish. Buning uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar ta’sischilarini qo‘shimcha badallarini jalb qilish shuningdek, faoliyatning keyingi davralari bo‘yicha foyda summasini oshirish talab qilinadi;
- ko‘p xarajat talab qiladigan asosiy vositalar, texnika va texnologiyalar o‘rniga yangilarini olib kirish;
- bank kreditlarini aniq biznes reja va foydali loyihalar hisobiga jalb etish hamda ularni umumiy mablag‘lar tarkibidagi hissasini kamaytirib borish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy qaram bo‘lib qolmasligiga harakat qilish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarda to‘lov intizomiga, shartnomaviy shartlarga to‘la amal etgan holda debitor va kreditor qarzlarining ko‘payib ketmasligini oldini olish;
- aylanma aktivlarni manbalash yuzasidan ijobiy farqlanishlarni ta’minlash;
- iqtisodiy resurslarni joylashtirish va boshqarishdagi optimallikni yo‘lga qo‘yish va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatdoshlik ko‘rsatkichlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, korxonalar raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim:
- mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish;
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erisha borish;
- debitor qarzlarni ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor qarzlarni muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- kreditor qarz majburiyatlarini to‘lov muddati bo‘yicha nazoratini olib borish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimiga tayanish lozim:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘lov layoqati, qoplov koeffitsiyentini o‘rganish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o‘rganish;
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‘rganish;
- o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish;
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‘rganish;
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish.