Sof foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
Natijaviy ko‘rsatkichlar
|
Ta’sir omillari
|
1.Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda
|
Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi
|
Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
|
Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga
|
Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga
|
+,-
|
2.Asosiy faoliyatning foydasi
|
Sotish xarajatlari
|
Ma’muriy xarajatlar
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
|
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
|
+,-
|
Umumxo‘jalik faoliyatidan foydaning
|
Moliyaviy faoliyatdan daromadlar
|
Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar
|
+,-
|
Soliq to‘loviga qadar foyda
|
Favqulodda daromadlar
|
Favqulodda xarajatlar
|
+,-
|
Sof foyda
|
Foydadan soliq
|
Foydadan boshqa majburiy to‘lovlar
|
-
|
Sof foydaning taqsimoti
|
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga (jamg‘arish)
|
|
Rezerv (zaxira) fondini shakllantirishga (jamg‘arish)
|
|
Dividendlarga (iste’mol)
|
|
Ustav kapitalini oshirishga (qonunda belgilangan tartiblarda)
|
|
=
|
Taqsimlanmagan foyda
|
Jamlangan, umumlashgan holda to‘planadi.
|
Sof foyda va uning omilli tahlili
Ta’sir omillari
|
Aniqlash formulasi
|
Ta’sir darajasi
|
Izoh
|
Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi
|
∆ R = R1 – R0
|
1 131 910 666
|
|
Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi
|
∆R1 = ∑ q1p1- ∑ q1 p0
|
328 676 988
|
|
Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
∑ q1pk- ∑ q1 p1
|
-488 289 775
|
|
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
|
K1 = ∑ q1s0/∑q0 s0,
K1*R0 -P0
|
178 891 297
|
|
Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
R0*K2
K2=(∑ q1p0/∑ q0po-∑ q1s0/∑ q0s0 )
|
1 874 444 428
|
|
Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga
|
∑ q1s0-∑ q1sk
|
-390 618 967
|
|
Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga
|
∑ q0s0*K1-∑ q0s0
|
-371 193 305
|
|
Davr xarajatlari, jami
shu jumladan:
|
∆DX=DX1-DX0
|
-184 442 245
|
|
Sotish xarajatlari
|
Sc1- Sc0
|
-
|
|
Ma’muriy xarajatlar
|
Sm1- Sm0
|
-
|
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
So1- So0
|
-43 324 026
|
|
Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
|
St1- St0
|
-
|
|
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
|
Pb1- Pb0
|
-
|
|
Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)
|
∆ Af= Af 1- Af 0
|
960 792 447
|
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami shu jumladan:
|
∆ Mfd
|
237 677 082
|
|
Dividendlar shaklidagi daromadlar
|
D1-D0
|
-
|
|
Foizlar shaklidagi daromadlar
|
Fd1-Fd0
|
-
|
|
Moliyaviy ijaradan daromadlar
|
MId1-MId0
|
-
|
|
Valyuta kursi farqidan daromadlar
|
VKd1- VKd0
|
-
|
|
Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari
|
MBd1-MBd0
|
-
|
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami shu jumladan:
|
∆ Mfx
|
-674 407 750
|
|
Foizlar shaklidagi xarajatlar
|
Fx1-Fx0
|
-
|
|
Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar shaklidagi xarajatlar
|
MIx1-MIx0
|
-
|
|
Valyuta kursi farqidan zararlar
|
VKx1- VKx0
|
-
|
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar
|
MBx1-MBx0
|
-
|
|
Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)
|
∆ Uxfn= Uxfn1- Uxfn0
|
524 061 779
|
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
|
-
|
|
Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) (satr 220+/-230)
|
∆ Fn= Fn1 – Fn0
|
524 061 779
|
|
Foyda solig‘i
|
∆ Fs= Fs1 – Fs0
|
-14 426 214
|
|
Foydadan boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar
|
∆ Fbs= Fbs1 – Fbs0
|
-43 290 888
|
|
Sof foyda
|
SF1-SF0
|
466 344 677
|
|
Sof foyda o‘tgan yilga nisbatan 466 344 677 ming so‘mga ortgan‚ bu o‘zgarishlar quyidagi ijobiy va salbiy omillar ta’sirida bo‘lgan.
Ijobiy omillar qatoriga: sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi (328 676 988 ming so‘m), sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi (178 891 297 ming so‘m), sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishi (1 874 444 428 ming so‘m), moliyaviy faoliyatdan daromadlarning o‘zgarishi (237 677 082 ming so‘m)ni;
Salbiy omillar qatoriga: xomashyo, materiallar, energiya sarflari bahosining o‘zgarishi (-488 289 775 ming so‘m), bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi (-390 618 967 ming so‘m), sotilgan mahsulotlar tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri tufayli (-371 193 305 ming so‘mga), davr xarajatlari hisobiga (-184 442 245 ming so‘m), moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning ortishi hisobiga (-674 407 750 ming so‘m), foydadan soliq, foydadan boshqa soliqlar va to‘lovlarning o‘zgarishi hisobiga (14 426 214 ming so‘m hamda 43 290 888 ming so‘m) to‘g‘ri kelgan.
9.16. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Korxona faoliyati va mahsulotlari raqobatdoshligini ta’minlashning eng muhim tayanchi bu uning rentabellik darajasidir. Rentabellik – nemis tilidangi “rentabel”66 daromadlik, foydalilik degan ma’noni anglatadi.
Uning iqtisodiy mazmunini moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan‚ shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi ifoda etadi.
Rentabellikning bir nechta guruhi aktivlar, ishlab chiqarish, sotuv va kapital rentabelligi guruhi tarkiblanadi. Har bitta guruhga bir necha ko‘rsatkichlar tizimi kiritiladi. Lekin baholashda, omilli tahlil etishda ularning har bittasi alohida hisob-kitob qilinadi va baholanadi.
Rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari:
Aktivlar rentabelligi (ROA Return On Assets) = Sof foyda / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;
Sotuv rentabelligi = Mahsulot (ish va xizmat)lar sotishning yalpi foydasi / Sotishdan sof tushum;
Operatsion faoliyat rentabelligi (ROS Return On Sales) = Operatsion foyda / Sotishdan sof tushum;
Xususiy kapital rentabelligi (ROE Return On Equity) = Sof foyda / Xususiy kapital.
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlari:
Asosiy vositalar rentabelligi = Sof foyda / Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati;
Xodimlar rentabelligi (ROL) = Sof foyda / Xodimlarga xarajatlar (mehnat haqi fondi va xodimlarga boshqa xarajatlar);
Aktivlarning bazaviy foydalilik koeffitsiyenti (Basic earning power) – Soliq to‘loviga qadar foyda / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati (BEP = EBITDA / Aktivlar o‘rtacha yillik qiymati;
Investitsiyalangan kapital rentabelligi (ROIC) – Operatsion foyda / O‘z mablag‘lari manbasi va uzoq muddatli qarz kapitali (ROIC = EBIT × (100% - Foyda solig‘i stavkasi) / investitsiyalangan kapital.
Ayrim hollarda qarz kapitali to‘liq olinadi. ROIC = (EBIT × (100% - Foyda solig‘i stavkasi) – Qarz kapitali bo‘yicha foizlar summasi) / (Xususiy kapital + Qarz kapitali);
Jalb qilingan kapital rentabelligi = Sof foyda / (O‘z mablag‘lari manbasi + uzoq muddatli qarz mablag‘lari) (ROCE);
Jami aktivlar rentabelligi (ROTA) = Soliq to‘loviga qadar foyda / Jami aktivlar;
Biznes aktivlari rentabelligi (ROBA) = Sof foyda / Biznes aktivlari;
Sof aktivlar rentabelligi (RONA) = Soliq to‘loviga qadar foyda / Sof aktivlar;
Ishlab chiqarish rentabelligi = Sof foyda / (Asosiy vositalar + Aylanma aktivlar);
Marja rentabelligi (Profitability of the margin) – Sotilgan mahsulot bahosi - Sotilgan mahsulot tannarxi / Sotilgan mahsulot tannarxi;
Va boshqa ko‘rsatkichlar.
Rentabellikda samaradorlik ko‘rsatkichlarining: yalpi tushum, xarajat, aktiv, kapitalning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan natijaviylik ko‘rsatkichlari: yalpi foyda, operatsion foyda, soliq to‘loviga qadar foyda, sof foyda ko‘rsatkichlarini aniqlanadi.
Korxona rentabelligi tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |