Ko‘rsat
kichlar
|
Hisobot yili
|
O‘tgan yil
|
Farqi (+;-)
|
Daromad
|
Xarajat
|
Daromad
|
Xarajat
|
Daromad
|
Xarajat
|
Mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum
|
5 180 801 340
|
x
|
3 362 225 550
|
x
|
1 818 575 790
|
x
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi
|
x
|
3 191 287 162
|
x
|
2 474 622 038
|
x
|
716 665 124
|
Sotishdan yalpi foyda
|
1 989 514 178
|
|
887 603 512
|
|
1 131 910 666
|
|
Sotilgan mahsulot o‘tgan yil bahosi va tannarxida
|
4 852 124 352
|
2 865 241 005
|
3 362 225 550
|
2 474 622 038
|
1 489 898 802
|
390 618 967
|
K1 = ∑ q1s0/∑q0 s0
K1*R0 -P0
∑ q1pk- ∑ q1 p1
Korxonada mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni tannarxi, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishini omilli tahlili yuzasidan amalga oshirilgan qayta hisoblashlarda sotishdan daromadlar o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy bahoda 1 418 898 802 ming so‘mga, xarajatlar summasi esa 390 618 967 ming so‘mga ortganligini ko‘rish mumkin.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- sotish hajmi;
- mahsulotlar tarkibining o‘zgarishi;
- mahsulotlarni sotish bahosining o‘zgarishi;
- xomashyolar, materiallar, yoqilg‘i sarflari ta’riflari o‘zgarishi;
- moddiy va mehnat sarflarining o‘zgarishi.
Omillar ta’sirini hisob-kitoblari quyidagi tartibda amalga oshiriladi
Ko‘rsatkichlar
|
Formulalar
|
Izohi
|
1. Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi
|
∆ R = R1 – R0
|
R1;R0 – joriy va o‘tgan davrdagi yalpi foyda summasi
|
1.1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
∆R1 = ∑ q1p1- ∑q1 p0
|
q1p1 – joriy davrda sotilgan mahsulot miqdori va bahosi
q1p0 – joriy davrda sotilgan mahsulot o‘tgan yil bahosida
|
1.2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
∑ q1pk- ∑q1 p1
|
pk – xom ashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi
|
1.3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga
|
K1 = ∑ q1s0/∑q0 s0,
K1*R0 -P0
|
K1 – sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
|
1.4. Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
R0*K2
K2=(∑ q1p0/∑ q0po-∑ q1s0/∑ q0s0)
|
R0*K2 – sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
1.5. Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga
|
∑ q1s0-∑ q1sk
|
sk – shartli baholar o‘zgarishi hisobiga korrektirovka qilingan tannarx
|
1.6. Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga
|
∑ q0s0*K1-∑ q0s0
|
|
Omillar ta’sirini jamlash
Ko‘rsatkichlar
|
mln so‘m
|
Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi
|
1 131 910 666
|
1.1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
328 676 988
|
1.2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
-488 289 775
|
1.3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga
|
178 891 297
|
1.4. Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
1 874 444 428
|
1.5. Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga
|
-390 618 967
|
1.6. Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga
|
-371 193 305
|
Korxonada sotishdan olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirida sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi (328 676 988 ming so‘m), sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi (178 981 297 ming so‘m), sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri (1 874 444 428 ming so‘m) ijobiy ta’sir etgan.
Xomashyo va materiallar, energiya safrining ta’rif baholarining o‘zgarishi hisobiga (488 289 775 ming so‘m), bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga (390 618 967 ming so‘m) hamda sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri tufayli (371 193 305 ming so‘m) yalpi foyda kamayishi kuzatilgan.
Barcha omillar ta’sirida mahsulot sotishdan yalpi foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 131 910 666 ming so‘mga ortgan.
9.7. Moliyaviy natijalar tarkibiga kiruvchi xarajatlarning turlari va ularning tavsifi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlari funksiyalar bo‘yicha:
- mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
- sotish xarajatlari;
- ma’muriy xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar;
- moliyaviy xarajatlar;
- favqulodda xarajatlarga tarkiblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy xarajatlar va favqulodda xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xarajatlari ularning xususiyati (masalan, eskirish, xomashyolar xaridi, transport xarajatlari, xodimlarga haq to‘lash xarajatlari)ga qarab birlashtiriladi. Masalan:
- foydalanilgan xomashyolar va materiallar;
- xodimlarga haq to‘lash xarajatlari;
- eskirish va amortizatsiya xarajatlari;
- boshqa xarajatlarga tarkiblanadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
“Davr xarajatlari”ga quyidagi moddalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |