7.8. Daromad tahlili
Kredit inspektorlari layoqatlilikni baholashda o‘rganadigan eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bu korxonaning daromad ko‘rsatkichi hisoblanadi. Daromadlar tahlilida ularning joriy va istiqboldagi ko‘rsatkichlarini baholash lozim. Bunda, omilli tahlilga ham muhim e’tibor qaratish lozim. Bu borada kredit inspektorlari, ekspertlar quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratishlari lozim: foydani maksimallashtirishning qanday imkoniyatlari mavjudligiga; agar korxona zararga ishlayotgan bo‘lsa, buning sabablarini chuqur o‘rganishi; tendensiyalariga (tarmoq rivojlantirish yuzasidan dasturlarga, faoliyatning kelajagiga, bozorning kengayishiga va h.k.); xarajatlarni boshqarish imkoniyatlariga va h.k. jihatlariga.
Daromadlar tahlili va uning muhim qatorlari
O‘rganish qatorlari
|
Mazmuni
|
Daromadning tarkibiy va trend tahlili
|
Korxonada daromadlarining umumiy hajmi va tarkibiy tuzilishi bo‘yicha gorizontal, vertikal va trendli tahlili amalga oshiriladi.
|
Daromadlarning koeffitsiyentli tahlili
|
Daromadlarning mutlaq ifodalari moliyaviy natijaviylikni aniq baholash imkonini bermaydi. Shu sababli ko‘pincha ularning nisbiy ifodalariga ahamiyat qaratiladi. Bu bir so‘mlik aktiv, xarajat, kapitalga to‘g‘ri keladigan daromad ko‘rsatkichini ifoda etadi.
|
Daromadlarning omilli tahlili
|
Daromadlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarning ta’sirini aniq baholash va ularni maksimallashtirishning chora-tadbirlarini ko‘rish imkonini beradi.
|
Daromadlarning moliyaviy natijalarga ta’sirining tahlili
|
Daromadlar xarajatlar bilan bog‘langan holda moliyaviy natijaviylikning foyda va zararlarda to‘planishi, ularning jamg‘arilishi, ishlatilishi yuzasidan moliyaviy ahvolga ta’sirini baholashni tasniflaydi.
|
Kredit inspektorlari daromadlar tahlilida operatsion faoliyatdan daromadlarning muhim qatori hisoblangan mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumlar, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi hamda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlariga, ularning o‘zgarish sabablariga, sof foyda tarkibidagi salmog‘iga ahamiyat qaratishlari lozim. Negaki bu foyda kreditlarning foizlarini qoplash manbasi ham hisoblanadi. Kreditorlarning olingan kreditlar hisobiga to‘lovlari va ularga tegishli foizlarning to‘lash imkoniyatlarining mavjudligini faqat ularning o‘zigagina ahamiyatli masala emas.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumlarning o‘sishi bilan, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxining o‘sishi, shu bilan birgalikda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foydaning o‘zgarishlarini baholashda albatta ularning o‘zaro bog‘liqligiga va uzviylikdagi aloqadorligiga muhim e’tibor berish lozim.
Ya’ni, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foydaning o‘sishi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning o‘sishidan yuqori bo‘lishi va uning o‘sishi sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxining o‘sishidan yuqori bo‘lishi lozim.
Buni formula shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin:
FS ≥ Ts≥ Tx
Do'stlaringiz bilan baham: |