1. Qoplash koeffitsiyenti
Balansning qoplash koeffitsiyenti (KK) joriy aktivlardan (JA) kelgusi davr xarajatlari (KDX), kechiktirilgan xarajatlar (KX) va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar (MO‘DQ) ayirmasining joriy mabjuriyatlarga nisbati sifatida hisoblanadi.
QK = JA – KDX – KX – MUDQ / JM
Agar likvidli aktivlar qisqa muddatli majburiyatlardan kamida ikki marta ortiq bo‘lsa, xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini yaxshi deb hisoblash mumkin. Bu mezon (kriteriy)ning eng yuqori chegarasidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qisqa muddatli majburiyatlari miqdoriga teng likvidli aktivlarga ega bo‘lganda bu mezon (kriteriy)ning eng quyi chegarasi deb qabul qilinadi.
“O‘zsanoatqurilish” ATBda qoplash koeffitsiyentini belgilangan normalari
№
|
Mezon (kriteriy)ning chegarasi
|
Ball
|
1
|
QK > 2
|
12
|
2
|
2 > QK > 1
|
8
|
3
|
1 > QK > 0,5
|
3
|
4
|
QK < 0,5
|
0
|
O‘zbekiston temir yo‘llari AJning qoplash koeffitsiyentining tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Davr boshi
|
Davr oxiri
|
Farqi
|
Joriy aktivlar
|
2 978 372 713
|
11 683 693 105
|
8 705 320 392
|
Kelgusi davr xarajatlari
|
1 366 091 169
|
8 441 062 224
|
7 074 971 055
|
Kechiktirilgan xarajatlar
|
-
|
-
|
|
Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlari
|
-
|
-
|
|
Joriy majburiyatlar
|
776 820 046
|
1 848 646 840
|
1 071 826 794
|
Qoplash koeffitsiyenti
|
2,075
|
1,754
|
0,321
|
Qoplash koeffitsiyenti davr boshiga 2,075ni davr oxiriga kelib 1,754ni tashkil qilgan. Mutlaq o‘zgarishi 0,321ga teng bo‘lgan. Qoplash koeffitsiyentini davr boshida 12 ball bilan davr oxiriga 8 ball bilan baholash mumkin.
2. Likvidlilik koeffitsiyenti.
Likvidlik bu (lotin tilidagi liquidite so‘zidan olingan bo‘lib, suyuq, oquvchan ma’nolarini bildiradi) korxona asosiy yoki aylanma kapitalini tez va oson sota olishi, bank likvidliligi esa bankning naqd mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq qoplay olishidir.
Likvidlik bu aktivlar va qimmatliklarni sotish darajasining tezligi va ularning naqd pulga aylanishi, to‘lovga qobiliyat esa ehtiyojni qoplash va zarur buyumlarni sotib olish uchun yetarli pul mablag‘lariga ega bo‘lishdir.
Likvidlilik koeffitsiyenti xo‘jalik subyektining to‘lov qobiliyati ancha tezligini ko‘rsatadi, bunda joriy majburiyatlar eng likvidli aktivlar (naqd pulga aylantirish muayyan vaqt talab qiladigan tovar-moddiy boyliklardan tashqari) bilan qoplanishi mumkin.
Likvidlilik koeffitsiyenti pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va hisobvarag‘i bo‘yicha olinadigan mablag‘lar (muddati o‘tganidan tashqari) summasining joriy majburiyatlarga nisbati orqali topiladi. Bunda tovar-moddiy zaxiralar emas to‘lov mablag‘lari qatoriga kiritilmaydi. Ya’ni, haqiqiy likvid aktivlar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |