Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborot. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balansiga tushuntirishlarda quyidagilarni ochib berishi lozim:
a) Aksiyadorlik mablag‘ining har bir toifasi bo‘yicha: e’lon qilingan aksiyalar sonini, chiqarilgan, haqi to‘la to‘langan, chiqarilgan, lekin haqi to‘la to‘lanmagan aksiyalar sonini, aksiyalarning nominal qiymatini, yilning boshida va oxirida haqi to‘lanmagan aksiyalar sonining kamayishini, aksiyadorlik mablag‘ining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani qoplashga doir cheklashni, jamiyatning o‘ziga, xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli sho‘ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar, opsion va savdo shartnomasi bo‘yicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari haqidagi axborotlar;
v) O‘z sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
s) Majburiyatlarda dividendlarni to‘lash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi (aksiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yig‘ilishida rasmiy ravishda ma’qullanmagan to‘lovlar miqdorining mavjudligi) haqidagi axborotlar ochib berilishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z sarmoyasidagi o‘zgarishlarni aniq aks ettirishi yuzasidan buxgalteriya balansiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda‚ shuningdek:
- davr boshida va hisobot sanasida to‘plangan foyda yoki zararlarning qoldig‘i hamda shu davrda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, jumladan aksiyadorlar (muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr uchun taqsimlanadigan sof foyda haqidagi;
- o‘z sarmoyasi har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va oxirida zaxiradagi o‘zgarishlarning umumiy miqdori haqidagi axborotlarni ochib berishi lozim.
Buxgalteriya balansi tahlilining mazmuni – korxonaning mulkiy holati va uning o‘zgarishlariga, aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibi va o‘zgarishlariga, balans moddalarining likvidlik darajasiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatiga, moliyaviy barqarorligiga, ish aktivligiga, raqobatbardoshligi va iqtisodiy tahlikalarga bardoshligiga baho berishdan iborat.
Buxgalteriya balansi tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash;
- aktivlarning likvidligini baholash;
- aktivlarni shakllantirish manbalari tarkibini baholash;
- majburiyatlarning aktivlar bilan ta’minlanganligini baholash;
- aktivlar va passivlarning alohida guruhlari o‘rtasidagi muvofiq-
likni baholash;
- aktivlarni pul ishlab topish imkoniyatlarini baholash;
- kapitalni shakllanishi va o‘stirish imkoniyatlarini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |