Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,69 Mb.
bet178/296
Sana31.03.2022
Hajmi6,69 Mb.
#520663
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

Debitorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonning (ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari, xodimlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urta badallari bo‘yicha, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha) korxonaga to‘lashi lozim bo‘lgan muddatli majburiyatlari nazarda tutiladi.
Kreditorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonga korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, ajratilgan bo‘linmalarga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, kechiktirilgan daromadlar, majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari) majburiyatlari nazar tutiladi.
Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatidan iborat bo‘lib, unga amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxsga kreditor foydasiga ma’lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi, ishni bajarishi, xizmat ko‘rsatishi, pul to‘lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bo‘lgan holatga aytiladi.40
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi.
Majburiyatlar xo‘jalik shartnomalari bandlariga to‘la amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.
Qarzdorliklar xo‘jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilgan, to‘lov intizomi buzilgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda yuzaga keladi.
Debitor va kreditor so‘zlari ma’nosini ko‘payish va kamayish, qo‘shish va chegirish, kirim va chiqim ma’nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishda tahlil mazmunini majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bo‘yicha o‘rganish, majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini o‘tkazib yuborilish sabablarini o‘rganish, majburiyatlar balansini tuzish, majburiyatlarning moliyaviy holatga ta’sirini baholash tashkil etadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tahlilining vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aniq, to‘liq va o‘z vaqtida pul mablag‘lari va ularning harakati yuzasidan aniq hisob-kitoblarning yo‘lga qo‘yilganligini baholash;
- hisob-kitoblarning va to‘lov intizomiga qat’iy rioya qilinganlik holatini baholash;
- debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining (qarzlarining) turlari, to‘lov muddatlari va asoslanganligi bo‘yicha tarkibini aniqlash;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari holatiga, ularning jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish;
- tovarlarni kreditga sotish, hisob-kitoblarning turli shakllari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlarni baholash;
- bank kreditlari va qarzlaridan maqsadli foydalanish, ular bo‘yicha majburiyatlarning joriy qismining qoplanishi yuzasidan holatini o‘rganish;
- mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni xorijga sotish bo‘yicha majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning oqlanishi yuzasidan korxonadagi (hisob-kitoblarning shakli, valyuta kurslarining o‘zgarishlariga va h.k. ta’sirida) joriy va istiqboldagi tahlikalarni baholash.
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning birinchi shakli “Buxgalteriya balansi” to‘g‘risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansiga ilovadan hamda balansning tegishli qatorlari bo‘yicha qaydlar, izohlar va tushuntirishlardan, “Korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi” statistik hisobot shakllaridan olinadi. Shuningdek, ichki moliyaviy tahlilda bosh kitob, hisob reestrlaridan, qarzdorlik vedemostlari, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzasidan dalolatnomalar va boshqa manbalardan foydalaniladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tomon o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblardan kelib chiqadi. Ularning yuzaga kelishi yuzasidan quyidagi sabablarni ko‘rsatish mumkin:
- qarzdorlikning yuzaga kelishidagi eng muhim sabab bu – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatiga ega emasligi, moliyaviy holatning yomonligidir. Debitor va kreditor qarzdorlik, ular hajmining o‘sib borishi, to‘lov muddatlarining cho‘zilib ketishi aktivlar va ularning likvidligidan pastligi bilan izohlanadi;
- shartnomaviy munosabatlarga to‘liq rioya qilmaslik ham debitor va kreditor qarzdorlikning ortishiga olib keladi va tashkiliy sabablardan bittasidir;
- mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotish yuzasidan pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblarning mulkka bo‘lgan egalik huquqining boshqa birovga o‘tishi bilan bog‘lanmaganlik sharti majburiyatlar yuzaga kelishining muhim sabablaridan biridir;
- hisob-kitoblar, qarzdorlikni tartibga solishdagi qat’iy me’yorlarni ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatining zamonaviy talablariga va shakliga mos emasligi ham qarzdorlikni oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, qarzdorlikni yuzaga kelishining o‘zigina emas, balki uni undirish yuzasidan korxona yo‘l qo‘yadigan xarajatlar summasi tobora oshib ketmoqda;
- qarzdorlikning oshishi va ularni to‘lash muddatlarining tobora cho‘zilib ketishining asl sabablaridan biri bu jismoniy va huquqiy shaxslarda qarzdorlik madaniyatining yo‘qligi hamdir. Qarzdorlikni so‘ndirish imkoniyatlari bo‘lgan holda, uni ortga surish, kechiktirish, to‘lamaslikka afsuski ko‘pchilikda moyillik kuchli.



Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish