Bugungi amaliyotda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimiga 5 tarkib guruh ko‘rsatkichlarni o‘rganilishini xarakterlash lozim. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
Koeffitsiyentlar guruhi
|
Ko‘rsatkichlar
|
Aniqlanishi
|
Belgilar izohi
|
Moliyaviy holat ko‘rsatkichlari
|
Likvidlilik koeffitsiyentlari
|
Joriy likvidlik
|
K=JA/KMM
|
JA – Joriy aktivlar
KMM – Qisqa muddatli majburiyatlar
|
Tezkor likvidlik
|
K=LA/KMM
|
LA – Likvid aktivlar
|
Ish aktivligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar
|
Aktivlar aylanuvchanligi
|
K=ST/A
|
ST – Sotishdan tushum
A – Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati
|
Asosiy kapital aylanuvchanligi
|
K=ST/AK
|
AK – Asosiy kapital
|
Joriy aktivlar aylanuvchanligi
|
K=ST/JA
|
JA – Joriy aktivlar
|
Debitorlik majburiyatlari aylanuvchanligi
|
K=ST/DM
|
DM – Debitorlik majburiyatlari
|
TMZ aylanuvchanligi
|
ST/TMZ
|
TMZ – Tovar-moddiy zaxiralar
|
TM, Tovarlar aylanuvchanligi
|
ST/TM,T
|
TM – tayyor mahsulot
T – tovarlar
|
Moliyaviy leveridj koeffitsiyentlari
|
Majburiyatlarni aktivlarga nisbati
|
Maj/A
|
Maj – Majburiyatlar
|
Majburiyatlarni o‘z kapitaliga nisbati
|
Maj/UK
|
UK – O‘z kapitali (o‘z mablag‘lari manbasi )
|
Majburiyatlarni aksionerlik kapitaliga nisbati
|
Maj/AK
|
AK – Aksionerlik kapitali
|
Uzoq muddatli majburiyatlarni asosiy kapitalga nisbati
|
UMM/AK
|
UMM – Uzoq muddatli majburiyatlar
|
O‘z kapitalini aktivlarga nisbati
|
UK/A
|
|
Moliyaviy natijaviylik koeffitsiyentlari
|
Foyda normasi koeffitsiyentlari
|
Yalpi foyda normasi
|
K=YaF/ST
|
YaF – yalpi foyda
ST – sotishdan tushum
|
Sof operatsion foyda normasi
|
K=SOF/ST
|
SOF – sof operatsion foyda
|
Sof foyda normasi
|
K=SF/ST
|
SF – sof foyda
|
Rentabellik koeffitsiyentlari
|
Aktivlar rentabelligi
|
K=SF, STKF/A
|
STKF – soliq to‘loviga qadar foyda
|
Aksiyaning foyda me’yori
|
Oddiy aksiyalar daromadlik koeffitsiyenti
|
K=D/Ak
|
D – oddiy aksiyalarga e’lon qilingan dividend summasi
A – oddiy aksiyalarning soni
|
Aksiyaning dividendlik koeffitsiyenti
|
K=Db/Ab
|
Db – bitta aksiyaga e’lon qilingan dividend
Ab – bitta aksiyaning bozor bahosi
|
Qarzni qoplashni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
|
Foizning qoplanganlik koeffitsiyenti
|
K=F/FT
|
FT – foiz to‘lovlari
F – hisobot davri foydasi
|
Foiz to‘lovlarining qoplanganlik koeffitsiyenti
|
K=F/T
|
T – To‘lovlar=foiz+lizing to‘lovlari+imtiyozli aksiyaga dividendlar+boshqa to‘lovlar
|
Asosiy baholash ko‘rsatkichlarining amaldagi holati normativ ko‘rsatkichlar bilan taqqoslangan holda kredit resurslarini harakati yuzasidan qarorlar chiqariladi. Uchinchi guruh ko‘rsatkichlar bo‘yicha odatda optimal va kritik normalar belgilanmasligi mumkin (korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari, tarmoq xususiyatlari va boshqa aniq shartlarga muvofiq).
Kredit siyosatida bankning kredit resurslarini hajmi, bankning sohaga yo‘nalganligi, mijozlarning kredit zaruriyati, davlatning pul-monetar, kredit, soliq siyosatining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda kredit resurslarini joylashtirish va ularni berish tartiblari bir-biridan farq qiladi.