likvidlikning inflyatsion bosimga ta’sirini oldini olish maqsadida o’tkazib
borilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o’rtacha hajmi 2012 yilga nisbatan 1,2
tomonidan milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida milliy valyuta bozorida
keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida amalga oshiriladi.
Shuni alohida e’tirof etish lozimki, valyuta interventsiyasini amalga oshirish
uchun Markaziy bank etarli darajada oltin-valyuta zahiralariga ega bo’lishi
lozim. Agar Markaziy bank etarli miqdorda oltin-valyuta zahiralariga ega
35
bo’lmasa, u holda u erkin suzib yuruvchi kurs rejimini tanlashdan o’zga iloji
yo’q.
2. Hukumatning tashqi qarzini boshqarish operatsiyasi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda hukumatning xorijiy valyutalarda
zahiralari mavjud emas. Lekin uning xorijiy valyutalarda tashqi qarzi mavjud.
Davlatga tegishli barcha oltin-valyuta zahiralari Markaziy bankning balansiga
o’tkazilgan. Bunday sharoitda hukumatning tashqi qarzini to’lash quyidagi
tartibda amalga oshiriladi: hukumat tashqi qarzni to’lash vaqti kelganda
Markaziy bankka xorijiy valyutada to’lov topshiriqnomasi yozadi. Markaziy
bank o’zining balansidagi xorijiy valyuta zahiralari hisobidan to’lovni amalga
oshiradi va shu zahoti to’langan tashqi qarz so’mmasining milliy valyutadagi
ekvivalentini hukumatning joriy hisobvarag’idan chegirib oladi.
O’zbekiston Respublikasida esa hukumatning o’zini xorijiy valyutada
zahiralari mavjud. Hukumatning tashqi qarzini to’lash Markaziy bank va Moliya
Vazirligining o’zaro hamkorligida amalga oshiriladi.
3. Markaziy bankning balansidagi oltin-valyuta zahiralarini boshqarish
bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar.
AQSh, Yaponiya va G’arbiy Evropadagi bir qator rivojlangan
davlatlarning bank amaliyoti shuni ko’rsatdiki, hozirgi kunda markaziy banklar
oltin-valyuta zahiralarini boshqarishda asosan uch usuldan keng foydalanadilar:
-valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish;
-valyutaviy svop operatsiyalaridan foydalanish;
-Gold-svop operatsiyalaridan foydalanish.
Valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilishda bir vaqtning o’zida bir necha
valyutalarda zahira tashkil qilish tushuniladi. Hozirgi vaqtda valyuta zahiralarini
diversifikatsiya qilish nobarqaror valyutalarni sotish va barqaror valyutalarni
sotib olish yo’li bilan valyuta zahiralari tarkibini yangilash shaklida amalga
oshirilmoqda.
36
Valyutaviy svop operatsiyalarida ma’lum bir valyuta spot sharti bo’yicha
sotiladi va forvard sharti bo’yicha sotib olinadi yoki forvard sharti bo’yicha
sotiladi va spot sharti bo’yicha sotib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: