XULOSA VA TAKLIFLAR
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xalqoro
hamjamiyatda tan olingan o’zbek modeliga asoslangan holda kechmoqda.
Ushbu modelni afzalliklari nafaqat shu yurt udum va urf – odatlariga
suyanish, balki jahon tajribalarini o’rganib, talqin qilib va bizning shoroitga
moslashgan holda tatbiq etib borishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi uchun asosan selektiv innovatsiyaviy
rivojlantirish, to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar, litsenziyalar sotib olish,
yangi texhologiyalar importini rag’batlahtirish va qulay infratuzilma yaratish
islohotlarining bugungi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
Lizingning rivojlanish tarixi shuni ko’rsatadiki, lizingning paydo
bo’lishiga ob’ektiv sabablar imkon berdi va tegishli shart – sharoitlar bir
tamondan lizing mulkiga talabni oshirgan bo’lsa, ikkinchi tamondan bo’sh
turgan moliyaviy resurslarni lizing munosabatlarini rivojlantirish uchun jalb
etishning oshishiga olib keladi. Demak bunday holatda tijorat banklari
resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
2013 yilda bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada
mustahkamlash, Respublika moliya - bank tizimini yanaada rivojlantirish va
uning barqarorligini oshirishning ustivor yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan
dasturda ko’zga tutilgan tadbirlarni so’zsiz amalga oshirish, bank nazoratini
kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga
alohida e’tibor qaratiladi.
Ushbu vazifalar doirasida bank tizimi nazoratini Ba’zel qo’mitasining
yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish, bank tizimini va alohida
banklarni yuqori xalqoro reting baholariga ega bo’lishini ta’minlash, tijorat
banklarining resurs bazasini yanada kengaytirish, ularning investitsiyaviy
faolligini kuchaytirish hamda iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, ishilab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash
bo’yicha strategic muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab – quvvatlashga
yo’naltirilgan kreditlar hajmlarini ko’paytirish kabi muhim chora tadbirlarni
davom ettirish rejalashtirilmoqda.
Yuqoridagi fikr muiohazalardan kelib chiqib biz quyidagi xulosa va
tavsiyalarni berilishini maqsadga muvofiq deb bildik:
- Respublikamiz tijorat banklari faoliyatida lizing operatsiyalarini
rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga
erishihsimiz zarur.
- Lizing munosabatlari bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasining o’rganish
va ularning ijobiy jixatlarini o’rganish Respublikamiz amaliyotida
qo’llanilishini ta’minlash.
- Respublikamizning investitsiya dasturlarida korxonalarni modernizatsiya
qilish, texhologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlaariga
tijorat banklari tamonidan etibor kuchaytirilgan siyosatni amalga
oshirish .
- Respublikamiz tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirihs ,
investitsion kreditlarni berish va ularga xizmat ko’rsatish bo’limlarini
ushbu yo’nalishdagi malakali kadrlar bilan ta’minlash.
- Respublikamizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, qishloq joylarda loyixaviy yangi turar
joylarni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari
tamonidan minitexnologiyalarni sotib olish kabi investitsiya
loyihalarini ko’paytirish va ularni amalda bajarilishini taminlash.
Xulosa o’rnida shuni aytush mumkinki, ko’pgina rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotning avvalida absorbtsiya , nusxa ko’chirish
yo’lini tanlashgan bo’lsa , rivojlanishning ma’lum bosqichiga kelib, yangi
innavatsiyaviy rivojlanish yo’nalishlarini belgilab olib, ustunliklarni saqlab
kelishmoqda. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi uchun asosan selektiv
innovatsiyaviy rivojlantirish, to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar,
litsenziyalar sotib olish, yangi texnologiyalar importini rag’batlantirish va
qulay infratuzilma yaratish islohotining bugungi bosqichida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Demak,Respublikamizda lizing munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiyotda
ishlab chiqarishni o’sishiga va tijorat banklarining xizmat ko’rsatish
faoliyatini kengayishi uchun xizmat qiladi.
Ushbu bildirilgan xulosaviy fikr va ta’vsiyalarimiz ishlab chiqarish
amaliyotida o’z o’rnini topishiga va muxim ahamiyat kasb etishiga ishonib
qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |