Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish



Download 419,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana25.02.2022
Hajmi419,37 Kb.
#461835
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

3.2. Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish
yo‘nalishlari
Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirilishi va zamonaviy
usullarining oqilona qo‘llanilishi kichik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning, eng avvalo
jamiyatni ijtimoiy va siyosiy yangilash, shuningdek aholi farovonligini va
bandligini oshirish, ichki iste'mol bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirish,
ishlab chiqarishni sifat darajasiga ko‘tarish va eksport salohiyatini oshirishning
bosh dastagi hisoblanadi, tahlil va kuzatishlar asosida tijorat banklarining
kreditlash amaliyotini takomillashtirish borasida quyidagi tavsiyalar ishlab
chiqildi:
1. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish orqali
kreditlash salohiyatini oshirish. 
Tijorat banklari uzoq muddatli resurslarni jalb qilishda asosiy e’tiborni
64


nodepozit manbalarga qaratishi maqsadga muvofiq. Jumladan, tijorat banklari
tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmini oshirish yo‘li bilan barqaror
resurs bazani shakllantirish lozim. Banklarning qimmatli qog‘ozlaridan
quyidagilarni emissiya qilish lozim:
- banklar uzoq muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan
subordinar qarzlarni jalb qilish amaliyotini kengaytirish;
- banklar tomonidan uzoq muddatli ipoteka kreditlari uchun ipotekali
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va uni aholi o‘rtasida joylashtirish;
- tijorat banklari tomonidan muomalaga foiz to‘lovli va yutuqli depozit
sertifikatlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslarni jalb qilish, shuningdek,
tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishning birlamchi omillaridan
hisoblangan aholining muddatli va jamg‘arma depozitlariga nisbatan xorij
amaliyotida qo‘llaniladigan antisipativ foiz stavkalaridan foydalanishni yo‘lga
qo‘yish lozim. Bu, birinchidan, aholi o‘rtasida muddatli va jamg‘arma
depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa, ikkinchidan
tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini
ta’minlaydi.
2. Respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyotida zamonaviy
kreditlash shakllaridan keng foydalanish lozim.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditlashning zamonaviy
usullarini qo‘llash banklar va mijozlar uchun quyidagi ijobiy jihatlarni
ta’minlaydi:
* banklar jalb qilingan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanadi;
* tijorat banklari mijozlari mablag‘larini bank talabiga ko‘ra kreditni
qaytarishga yo‘naltirish mumkin;
* tijorat banklari tomonidan kreditlar qayta-qayta berilishi hisobiga kredit
taklifini oshirishga xizmat qiladi;
* kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tezkor va kredit olish imkoniyatlari
yuqori;
65


* ushbu kreditlash shakllarining ko‘p maqsadliligi ishlab chiqarish
korxonalarining aylanma mablag‘larini aylanishini tezlashtiradi va ishlab chiqarish
uzluksizligini ta’minlaydi;
* mijozlar foydalangan kredit miqdori va muddatiga muvofiq foiz to‘lovlarni
to‘laydi;
* kreditlash jarayonida resurslardan samarali foydalanish bilan birga, bank
likvidliligini ta’minlaydi va boshqaradi;
* tijorat banklari kreditlash faoliyatida kredit resurslari ma’lum davomiylik
asosida berilishi hisobiga kredit riskini pasayishini ta’minlaydi.
Tijorat banklari tomonidan kreditlashning zamonaviy shakllari va
usullaridan foydalanish orqali respublikamiz banklarining kreditlash samaradorligi
oshiriladi. Xususan, banklarning kredit operatsiyalari hajmi oshadi va kreditlardan
olinadigan foizli daromadlarning barqaror o‘sishi ta’minlanadi.
3. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash
tizimini takomillashtirish.
Respublikamiz tijorat banklari amaliyotida mijozlarning kreditga
layoqatliligini baholashda muammolarni mavjudligi kredit portfeli sifatiga va
uning barqaror o‘sishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Mijozning kredit to‘loviga
layoqatligining to‘g‘ri baholanishi kreditlarning o‘z vaqtida to‘la qaytishini
ta’minlaydi. Fikrimizcha, tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda
quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
- bank mijozlarining to‘lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit
riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan
kredit bo‘yicha riskni boshqarish usullarini belgilash;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning
xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo, aloqa va
boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to‘loviga layoqatlilikni baholashni
joriy etish;
- banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini baholashda
faqatgina korxona faoliyatiga tegishli ma’lumotlarga suyanib qolmasligi zarur.
66


O‘zbekiston bank amaliyotida kreditga layoqatlilikni mijozlar faoliyatiga
tegishli moliyaviy hisobotlar, biznes reja va boshqa ko‘rsatkichlarning tahlilidan
tashqari, tashqi ma’lumotlarga asoslangan holda baholashni joriy qilish bugungi
sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Mijozlar haqidagi tashqi ma’lumotlarning
unga tegishli bo‘lgan ichki ma’lumotlar bazasiga nisbatan shaffofligi yuqori
sanaladi. Tijorat banklari mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda
faqatgina moliyaviy koeffitsentlar asosida emas, balki xalqaro bank amaliyotida
keng qo‘llanilayotgan reyting tizimlari, garov ob’ektlari reestrini yuritishi va
boshqa ma’lumotlar bazasini shakllantirishi hamda ushbu ma’lumotlarga tayangan
holda kredit riski darajasini baholashi maqsadga muvofiq. 
Muammoli kreditlar mijozning pul mablag‘lari inqirozining natijasi bo‘lib
hisoblanadi, lekin kuchsiz moliyaviy intizomga ega bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda
kreditni qoplashga imkoniyati bo‘lsa ham uni so‘ndirishni qasddan xohlamaydigan
mijozlar sinfi ham mavjuddir. Bunday holat 80-yillarning so‘nggida Bangladeshda
kuzatilgan va bu vaziyat tartibga soluvchi organlar aralashmaguncha davom etib
kelgan.
40
Pul mablag‘lari bilan bog‘liq inqiroz birdan boshlanishi mumkin, biroq
asta-sekin rivojlanib keladi. Bank kredit bo‘limi xodimlari ehtimoliy zararlarga
qarshi kurashish bo‘yicha birinchi darajali himoya vositasi bo‘lib hisoblanadi va
rivojlanib kelayotgan inqirozning dastlabki belgilarini aniqlab, tahlil qila olish
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Kredit bo‘limi xodimlari mijozlar bilan qanchalik
o‘zaro yaqin aloqada bo‘lsa, mijoz faoliyatining moliyaviy holati haqida
shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar doimiy yangilab
borilmasa, kreditning muammoliligini bildiruvchi belgilar sezilmay qolishi
mumkin. Kredit berilgandan so‘ng u bo‘yicha zararlarni oldini olish uchun kerakli
choralar ko‘rilishi lozim. Kredit bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bankni mijoz
to‘g‘risidagi barcha moliyaviy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati bilan
ta’minlashi zarur.
 
Muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash tizimini ishlab
chiqish juda qiyin va bu yerda inson omili eng jiddiy to‘siqlardan biridir. Bunday
40
МакНотон Д. Банковскиэ учреждения в развиваюшчихся странах. I том.− Вашингтон., 1994. − C.77.
67


kreditlarga mas’ul xodimlar bankni og‘ir vaziyatga olib kelganligi uchun tanqid
ostida qolishdan qo‘rqib, xavfli belgilarni yashirishlari mumkin. Bundan tashqari,
amaliyotning dalolat berishicha, muammoli kreditlar aniqlanganganidan keyin
vaziyat kredit bo‘limi xodimlari o‘ylagandan ham yomonroq bo‘lib chiqadi. Shu
tariqa, qimmatbaho vaqt yo‘qotilmoqda. Biroq, bank boshqaruvi o‘z kredit
portfelining muammolari to‘g‘risida bila turib, ularni yashirish bilan bir vaqtning
o‘zida kreditlar bo‘yicha zararlar o‘rnini yuqori riskli kreditlar berish hamda
boshqa faoliyatlar bilan qoplash orqali vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.
41
Banklar bunday holatlarni oldini olish uchun kredit bo‘limi xodimlarining
e’tiboridan chetda qolgan yoki yashirilgan muammoli belgilarni aniqlash
maqsadida ichki audit bo‘limi orqali muntazam ravishda mustaqil hamda ob’ektiv
tekshiruvlarni o‘tkazishi kerak. Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan
amalga oshiriladigan tekshirishlar ham muammoli kreditlarni aniqlab beradi.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda tijorat banklari muammoli
kreditlarning kelib chiqishini oldini olish hamda mavjud muammoli kreditlarni
bartaraf etish jarayonini tizimli ravishda amalga oshirishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Erta paydo bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklarning belgilariga o‘z vaqtida
ahamiyat berish bank uchun vaziyatni yaxshilash hamda bank manfaatlarini
himoya qilish uchun muammoli kreditlar kelib chiqishini oldini olish choralarini
qo‘llashga imkon beradi. Bu choralarni iloji boricha ertaroq, ushbu holatni nazorat
qilib bo‘lmaydigan darajaga etib borishidan hamda yo‘qotishlardan qochib
bo‘lmasligidan oldin qo‘llash kerak bo‘ladi.
Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni
takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini
ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
4. Tijorat banklarmizni rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida
mavjud bo‘lgan kreditlsh shakllarini tadbiq qilish lozim. Jumladan kontokorrent
41
де Жуан, Аристобуло. От хороших банкиров к плохим банкирам. I том.

Вашингтон:
ИЕР МБРР,
1992, C.12.
68


kreditlash shakli, kredit kartalari orqali kreditlash, forfeyting kreditlarining
huquqiy asoslarini yaratish va yo‘lga qo‘yish kerak, faktoring va overdraft
kreditlarini taqdim etishni kengaytirish lozim va overdraft kreditlarini yuridik
shaxslarga ham taqdim etishni yo‘lga qo‘yish lozim Bu orqali kredit
operatsiyalarining jozibadorligi ortadi va xilma-xilligi ortadi. 
5. Tijorat vaeksellarining muomalasini qayta tiklash lozim. Bundan 21 yil
avval 1997-yilda veksellar muomalasi bekor qilingan edi ammo haligacha qayta
tiklangani yo‘q. Veksellarning kreditlash operatsiyalari kengayishiga ijobiy ta’sir
etadi, chunki o‘tkazma veksellar, ya’ni trattalar tijorat kreditlarining va biz
yuqorida ta’kidlab o‘tgan forfeyting kreditlarining obyekti bo‘la oladi. Bundan
tashqari bilamizki faktoring kreditlarining obyekti sifatida faqatgina mol yetkazib
beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan tuzilgan shartnoma emas, balki trattalar
ham olinishi mumkin bu esa mazkur zamonaviy kreditlash shaklining yanada
ommalashishiga yo‘l ochadi.
6. Mamlakat va Markaziy bank tijorat banklarini himoya qiluvchi iqtisodiy
siyosat olib bormog‘i kerak. Tijorat banklarini davlat dasturlariga jalb etishda
ularning moliyaviy holatini hisobga olish lozim, ya’ni arzon resurslar yo‘q
sharoitda ularni foiz stavkalari past bo‘lgan kreditlarni berishga majbur etmaslik
lozim. Albatta arzon kreditlarga talab kata bo‘ladi va bu kreditlash operatsiyalarini
ortishiga olib keladi ammo bankning foydasi kamayishiga va kelgusi faoliyatiga
salbiy ta’sir etishi mumkin. 
7. Sifatli kredit portfelini shakllantirish va kredit monitoringini puxta tashkil
etish va olib borish lozim.
Kreditlash operatsiyalarining hajmi ko‘lamdorligi bilan birgalikda ularning
risklilik darajasi oshib ketmasligi va sifatining yuqori bo‘lishi ham lozim. Chunki
agarda bank kreditlarining sezilarli darajada kata qismi bir sohada to‘planadigan
bo‘lsa, bu sohadagi salbiy o‘zgarishlar kreditning qaytmasligiga, bu esa o‘z
navbatida bank foydasi tushishiga olib keladi. Tijorat banklari sifatli kredit
portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to‘g‘ri va sifatli
olib borishi zarur. 
69


Bank aktivlari va kredit portfeli sifatini oshirish, ular faoliyatidagi
tavakkalchiliklarni, jumladan kredit tavakkalchiligini boshqarishni takomil-
lashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kreditlar ajratish borasida qarorlar qabul
qilishda banklarning kredit qo‘mitalari va mas’ul xodimlarining javobgarligini
oshirish, kreditlardan foydalanish va qaytarilishi monitoringining mexanizmlarini
bir xillashtirish, ular bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, sifatli
baholash va bartaraf etish, shuningdek, kreditlar bo‘yicha muammoli
qarzdorliklarni paydo bo‘lishini oldini oluvchi choralar qabul qilish orqali tijorat
banklarining kreditlash operatsiyalarini samarali tashkil etish va yuqorida berilgan
barcha tavsiyalarni imkon qadar amaliyotga joriy etgan holda ularni
takomillashtirish mumkin deb o‘ylayman.

Download 419,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish