2.2.
i
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida qo‘llaniladigan
kreditlash shakllari va usullari tahlili
Bozor munosabatlariga o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda moliya-kredit
munosabatlariga xizmat qiluvchi faoliyat hisoblangan banklar va ular faoliyatidagi
kreditlash asosan markazdan turib boshqarilish asosida amalga oshirilganligi
tufayli, mablag‘larni jalb etish, ularni foyda keladigan qilib pulga muhtoj xo‘jalik
sub'yektlariga berish, qarzni o‘z vaqtida qaytishini ta'minlovchi chora - tadbirlar
ko‘rish kabi masalalarda bank xodimlarining boshlari og‘rimagan.
Mamlakatimizda farovon hayot sari qo‘yilgan qadam, ya'ni pulga asoslangan
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida bank tizimida olib borilgan islohotlar natijasida
bu masalalar banklarning kundalik faoliyatiga aylanib qoldi va bank hodimlarining
vazifasi ortdi.
Chunki, jalb qilingan mablag‘lar uchun banklar tomonidan badal to‘lanar
ekan, bu mablag‘lardan nafaqat daromad olish, balki kredit samaradorligiga
erishgan holda mablag‘larni qarzdorlardan o‘z vaqtida qaytarib olish chora
i
-
tadbirlarini ko‘rishlari lozim, aks holda banklarda daromadlilikka salbiy ta'sir
etuvchi holatlar kelib chiqib, banklarning omonatchilar, mulkdorlar, mijozlar
hamda kreditorlar oldidagi majburiyatini bajara-olmay banklararo raqobatda o‘z
33
http://www.cbu.uz
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki).
47
mavqyeini yo‘qotib qo‘yish xavfi kelib chiqadi. Banklar, o‘z majburiyatlarini
lozim darajada bajarishlari hamda banklararo raqobatdagi mavqyeyini saqlash
uchun faoliyati davomida omonatchilar va aksiyadorlar manfaatini ko‘zlagan holda
amaldagi qonun va me'yoriy hujjat qoidalari asosida ish yuritishlari va sifatli
xizmat ko‘rsatish orqali doimo daromad miqdorini ortirib borishlari lozim.
Ma'lumki, kredit amaliyotlaridan olingan foizli daromadlar bank jami
daromadining salmoqli hissasini tashkil etadi. Bank daromadining bu manbai
kreditlash jarayonining qay darajada sifatli olib borilishiga bog‘liq. Aynan shuning
uchun ham, fikrimizcha, banklarda kredit munosabatlari yuzaga kelgan taqdirda
tahlillarga asoslanib oqilona boshqaruv qarorini qabul qilish bank faoliyatida
muhim rol o‘ynaydi. Chunki, kredit amaliyotlaridan olingan daromadlar tijorat
banklari jami daromadi tarkibida foizli daromad sifatida salmoqli hissa qo‘shuvchi
xizmat turi bo‘lish bilan bir qatorda, bank daromadliligiga salbiy ta'sir etish
doirasi yuqori bo‘lgan amaliyot hamdir. So‘ngi yillarda mamlakatimiz tijorat
banklari amaliyotida asta-sekinlik bilan kreditlash amaliyoti va kreditlash
usullaridan kengroq foydalanish takomillashib bormoqda va zamonaviy kreditlash
shakllaridan ham tijorat banklarimiz foydalanishni boshlamoqda. Malakatimizda
kreditlash shakllari va usullaridan foydalanish amaliyotini quyida
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyati misolida ko‘rib o‘tamiz va dastlab
bankning jami aktivlariga nazar tashlasak.
01.01.2016
01.01.2017
01.01.2018
0
5
10
15
20
25
7.22
8.64
19.98
m
lr
d
s
o
'm
48
Do'stlaringiz bilan baham: |