Texnik-iqtisodiy asoslash- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (TIK) aniqlash va
ularni taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan loyiha yoki ishlab chiqarish haqidagi qarorni
tanlashni asoslab berish. TIA asosida TIK eng yaxshi bo‘lgan variant tanlab olinadi.
Jismoniy shaxs (fuqaro) tushunchasi - fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o‘zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik
faoliyatidir.
asosiy ish joyi - ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |