Innovatsiya jarayoni- yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning pirovard
iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy izchillikda
harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va
ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish
jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud - yangilikni
yaratish, uni o‘zlashtirish, tarqatish, takomillashtirish va undan foydalanishni
to‘xtatish.
Innovatsiya - qurilish mahsulotiga bo‘lgan bozor talabining o‘zgarishi
natijasida yangi mehnat vositalaridan foydalanish (texnik yangiliklar), texnologik,
tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda qurilish
ishlab chiqarishi tizimiga o‘zgarishlar kiritish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |