ko‘pincha bond omborlari yoki erkin bojxona hududlari deb ataladi. Erkin bojxona
hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi. Ular ko‘plab
mamlakatlarda mavjud.
Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo hududlari
AĶSHda eng ko‘p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus qonunda nazarda
tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag‘batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo
xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus «dyuti
fri» magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat chegaralaridan
tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli holatga ega bo‘lgan
an’anaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |