Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


-rasm. “Innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion boshqarish”



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

16.1-rasm. “Innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion boshqarish” 
tushunchalarining o‘zaro farqlanishi
24

Davraning  har  bir  bosqichida  belgilangan  vazifalar  hal  qilinadi.  Birinchi  bosqich  – 
rejalashtirish  bosqichida  –  strategiyani  amalga  oshirish  rejasi  tuziladi.    Ikkinchisida  – 
shartlar  va  tashkil  qilish  belgilanadi,  ya’ni  innovatsion  davrning  har  xil  pallalarini  amalga 
oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo‘yish, ishni tashkil qilish 
ketadi.  Ijro  etish  bosqichida  tekshirishlar  va  ishlab  chiqishlar  bajariladi,  reja  amalga 
                                                 
24
Муаллиф ишланмалари асосида тузилган.
 


 
94 
oshiriladi.  Rahbarlik  bosqichi  nazorat  va  tahlilni  harakatlarga  tuzatish,  kiritish  va  tajriba 
to‘plashni ko‘zda tutadi. 
Bu  erda  innovatsion  loyihalar,  innovatsion  boshqaruv  qarorlari,  yangiliklarni 
qo‘llashning samaradorligi baholanadi. 
Innovatsion  jarayon  (IJ)  davriy  xarakterga  ega.  IJ  ni  ifodalovchi  faoliyat  inson 
mehnatini  taqsimlanishi  natijasida  ajralib  chiqqan,  bir  birlaridan  farqlanuvchi  alohidagi 
vazifaviy,  tashkiliy  birliklarga  bo‘linadi.  IJ  ning  iqtisodiy  va  texnologik  ta’siri  faqat  yangi 
mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‘yobga chiqadi.
25
 
U  ancha  ko‘proq  yangi  texnikani  vujudga  kelishining  shart  –  sharoiti  sifatida 
iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‘payishida namoyon bo‘ladi, ya’ni innovatsion tizim 
va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga 
moyillik ham oshadi. 
Innovatsion jarayonni umumiy ko‘rinishda zanjirga ko‘rinishida yozish mumkin: 
FT – AT – I – L – Q – O‘- S ICH – M – Sot, 
bu  erda  FT  va  AT  –  fundamental  va  amaliy  tadqiqotlar;  I  –  ishlama;  L  – 
loyihalashtirish;  Q  –  qurilish;  O‘  –  o‘zlashtirish;  SICH.  –  sanoat  ishlab  chiqarish;  M  – 
marketing; Sot. – sotish. 
Bu  zanjirchani  tahlil  qilish  uchun  uning  har  xil  elementlari  o‘rtasidagi  teskari  aloqa 
omillaridan  abstraklashish  (predmetlar  va  ular  o‘rtasidagi  munosabatlarning  bir  qator 
xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan chalg‘imoq), FT – 
O‘  davrasi  uzunligini  (u 10  yildan ko‘proq davom etishi  mumkin)  va pallalardan  har biri 
(FT – AT; L - Q)ning  nisbiy  mustaqilligini hisobga  olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi 
bilan  bog‘liq  fundamental  (nazariy)  tadqiqot  har  qanday  innovatsion  jarayonning 
boshlang‘ich  bosqichi  bo‘ladi.  Albatta,  davraning  har  bir  alohida  elementi  fundamental 
tadqiqot  bilan  bog‘liq  ilmiy  faoliyat  bilan  to‘ldirilganyu  SHu  narsa  xarakterliki,  FT  dan 
SICH  gacha  yangi  mu’lumotlarning  miqdori  kamayib  boradi.  Bunda  tadqiqot  faoliyati 
borgan sari ko‘nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi. 
Agar  FT  ning  yakuniy  natijasi  haqida  gap  ketsa,  unda  faqat  savol  nazariyasi 
sohasidagi  yangi,  ajoyib,  isbotlangan  ma’lumotlar  va  axborotlarni  olish  va  qayta  ishlashga 
qaratilgan  tadqiqot  faoliyatini  ajratish  kerak.  Nazariy  tadqiqot  bevosita  aniq  amaliy 
vazifalarni  echish  bilan  bog‘lanmagan,  ammo  xuddi  uning  o‘zi  innovatsion  jarayonning 
poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari 
va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin. 
Fundamental  tadqiqotlar,  qoidaga  ko‘ra,  amaliy  tadqiqotlarda  ro‘yobga  chiqadilar, 
ammo  bu  narsa  darhol  sodir  bo‘lmaydi.  Faqat  ba’zi  bir  tadqiqotlar  AT  –  I  –  L  va  h.k. 
ro‘yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga 
ega  bo‘lishi  mumkin.  Ijobiy  natijaga  ega  qolgan  10  %  dan  hammasi  ham  amaliyotda 
qo‘llanilmaydi.  Axir  fundamental  tadqiqotning  maqsadi  –  jarayon  (masala  nazariyasi)ni 
anglash va rivojlantirishdir. 
Amaliy  tadqiqotlar  (AT)  butunlay  boshqa  maqsadga  qaratilganliklarga  egalar.  Bu 
“bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o‘zgartirish, yangi 
mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir. 
Ishlamalar  natijasida  yangi  mashinalar  (uskunalar)ning  konstruksiyasi  yaratiladi  va 
jarayon  loyihalashtirish  (L),  ko‘rish,  o‘zlashtirish  (O‘)  va  sanoat  ishlab  chiqarishi  (SICH) 
pallalariga  o‘tadi.  M  va  Sot  pallalari  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  innovatsion  jarayon  natijalarini 
tijoratli sotish bilan bog‘liqdir. 
                                                 
25
Управление инновациями. Пер. с англ. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2008 


 

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish