Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


-mavzu Korxonalarni strategik rivojlanishida daromadlar va uni oshirish



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/250
Sana01.01.2022
Hajmi4,28 Mb.
#288655
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   250
Bog'liq
Korxonaning riv. strat

 
11-mavzu Korxonalarni strategik rivojlanishida daromadlar va uni oshirish 
11.1.Korxonalar foydasi, shakllantirish va taqsimlash. 
11.2.Korxonalarning daromadliligi ko‘rsatkichlari. 
11.3.Rentabellik. “Xarajatlar-tushum-foyda” o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
 
11.1.Korxonalar foydasi, shakllantirish va taqsimlash. 
Foyda  muhim  iqtisodiy  kategoriya  (toifa)  bo‘lib,  har  bir  tijorat  tashkilotining  asosiy 
maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategorriya sifatida foyda

moddiy ishlab chiqarish sohasida 
yaratilgan sof daromadni aks ettiradi. 
Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali 
ega bo‘ladilar. Zamonaviy xo‘jalik  yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona 
faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning 
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  mahsulot  tannarxi  shaklidagi 
individual  xarajatlar,  mahsulot  bahosi  shaklidagi  ijtimoiy  zaruriy  xarajatlarni  o‘z  ichiga 
olishi lozimligini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. 
Bozor  munosabatlariga  o‘tish  sharoitlarida  korxonalar  faoliyati  foydaning 
rag‘batlantiruvchi  ahamiyatining  ortishi  bilan  bog‘liq.  Foydadan  baholashning  asosiy 
ko‘rsatkichi  sifatida  foydalanish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  hajmining  ortishi, 
sifatning yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish unumining ortishi 
bilan  asoslanadi.  SHu  bilan  birga  foydaning  ahamiyati  ortishiga  amaldagi  foydani 
taqsimlash  tizimi  ham  sabab bo‘ladi va unga  ko‘ra esa, korxonalarning ishlab chiqarish  va 
ijtimoiy  rivojlanishni  ta’minlash    uchun  hamda  xodimlarni  bajargan  mehnati  sifati  va 
miqdoriga  asosan  moddiy  rag‘batlantirishga  sarflanuvchi  foydani  oshirishga  bo‘lgan 
qiziqishning ortishi kuzatiladi. 
SHu  tariqa  foyda  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  xodimlarning  o‘z 
korxonasi  erishadigan  yuqori  natijalardan  moddiy  manfaatdorligini  kuchaytirishda  hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Korxonada  foyda  turli  xil  faoliyat  natijasida  olinishi  mumkin.  Barcha  foydalar 
yig‘indisi  korxonaning  yalpi  foydasini  tashkil  qiladi.  YAlpi  foydaning  tarkibiy  elementlari 
quyidagilardan iborat: 

  bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda; 

  asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan foyda; 

  korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda. 
 
YUqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud: 


 
81 
 
- haqiqiy foyda; 
 
- o‘rtacha foyda; 
 
- monopol foyda yoki iqtisodiy renta; 
 
- maksimal foyda. 
Haqiqiy foyda — bu, haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni hakiqiy xarajatlar asosida 
aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy 
manbadir. 
Urtacha  foyda  deganda,  boshqa  hamma  korxonalar  kabi  sarflangan  kapitalga  bir  xil 
foyda  olish  yoki  bir  xil  rentabellikka  ega  bo‘lish  tushuniladi.  O‘rtacha  foyda  korxona 
(firma)ning  faoliyat  ko‘rsatayotgan  sohada,  tarmoqda  qolishini  ta’minlaydi.  Bunday 
foydaning  yuzaga  kelishi  bozorning  uzoq  muddatli  barqarorlikka  erishganidan  dalolat 
beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. 
Monopol  foyda  yoki  iqtisodiy  renta  —  bu,  cheklangan  ishlab  chiqarish  omillaridan 
foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil erga 
ega  bo‘lib,  erni  olish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  bir  xil  bo‘lishgan  sharoitida  birinchi  er 
transport  tarmog‘iga  yaqin  bo‘lganligi  uchun  mahsulotni  tashishga  10  mln.  so‘m  kam  sarf 
qilinishi  mumkin,  ana  shu  10  mln.  so‘m  uning  qo‘shimcha  foydasi  hisoblanadi.  Iqtisodiy 
renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish 
omiliga  berish  holatini  bildirgan  baho  bilan  shu  omilning  eng  kam  bahosi  o‘rtasidagi 
farkdan iborat bo‘ladi. 
Maksimal foyda — bu, bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni 
shu  bir  birlik  qo‘shimcha  mahsulotga  qilingan  xarajat  miqdori  bilan  bab-barobar  kelishi 
natijasida olingan foyda. SHu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi. 
SHunga  ko‘ra,  foydani  maksimallashtirish  degani,  eng  yuqori  rentabellikni  ta’minlash, 
deganidir. 
Korxona  daromadi  ikki  ko‘rsatkich,  ya’ni  mahsulot  bahosi  va  uni  ishlab  chiqarishga 
sarflanuvchi  xarajatlarga  bog‘liq  bo‘ladi.  Mahsulotning  bozordagi  bahosi  talab  va  taklif 
munosabatlari  natijasida  kelib  chiqadi.  Erkin  raqobat  sharoitlarida  bahoni  shakllantirish 
qonunlari  asosida    mahsulot  bahosi  ishlab  chiqaruvchi  yoki  xaridor  xohishiga  ko‘ra  emas, 
balki avtomatik ravishda tartibga solinadi. 
Foyda  korxona  faoliyati  natijasida  olingan  iqtisodiy  samarani  tavsiflaydi.  Korxonaning 
foyda  olishi  daromadlarning  korxona  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xarajatlardan  ko‘p 
bo‘lishini  anglatadi  hamda  u  rag‘batlantirish  vazifalarini  ham  bajaradi.  Bu  esa  foyda  bir 
paytning o‘zida moliyaviy natija bo‘lish bilan birga korxona moliyaviy resurslarining asosiy 
elementi ekanligi; daromadning turli  

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish