Tiklanish qiymati bo‘yicha
- asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar,
qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya
va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning
hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy
fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va
davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash har yili 1 yanvar holati bo‘yicha qayta
baholashni o‘tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |