Annotatsiya
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni 1996-yil 30 avgust (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1996-yil, 135-modda) qabul qilingan.
I. Umumiy qoidalar.
1-modda. Asosiy tushunchalar.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
«Muallif» — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
«YOzuv» — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida
qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biror-bir moddiy
shakldagi mujassami;
«Ijrochi» — aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, o‘qiydigan,
ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yohud adabiyot yoki san’at asarnni (shu
jumladan estrada, stirk yoki qo‘irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs,
shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor;
«E’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)» – ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini
qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chikqani holda asar,
fonogramma nusxalarini muomalaga etarli miqdorda chiqarish;
122
«Manzarali amaliy san’ag asarlari» – amalda foydalaniladigan buyumlarga
ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan, badiiy
hunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan asar;
«Fonogramma» — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutloqo ovozli
yozuvi;
«Asar nusxasi» — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi;
«Fonogramma nusxasi» — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va
shu fonogrammaga jo bo‘lgan ovozlarning hammasinn yoki bir qismini qamrab olgan har
qanday moddiy jismdagi fonogramma ko‘chirmasi.
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so‘ngi davrlarida feodal jamiyat negizida
xo‘jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi.
Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning
burjuaziya yo‘liga o‘tishi natijasida shakllandi.
“Innovatsion musobaqa patentlar poygasini o‘z ichiga olib, firmalararo
innovatsiyada birinchilikka sazovor bo‘lish deganidir. Patentlar poygasida birinchilikni
olgan firma o‘z mahsulotini sotishda maxsus huquqqa ega bo‘lib bozorda o‘z
monopoliyasiga 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan davrda erishadi”.
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari
tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat – Parij konvensiyasi ishtirokchisining transport
vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki tasodifan O‘zbekiston Respublikasi
hududida bo‘lganda qo‘llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina
foydalanilishi shart;
Tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajribalar
o‘tkazish.
Tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida
patentlangan obektlar bo‘lgan vositalarning qo‘llanishi. Vazirlar Mahkamasi milliy
xavfsizlik manfaatlari yo‘lida patentlangan obektlardan foydalanish to‘g‘risida patent
egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi, lekin bunday hollarda obe’ktdan
foydalanilgani uchun unga tegishli tovon to‘lanadi.
Tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalarni, agar bu vositalar qonuniy yo‘l
bilan xo‘jalik aylanmasiga kiritilgan bo‘lsa, qo‘llanish (masalan, patent egasining o‘zi yoki
uning litsenziyasi).
Dorixonalarda shifokor restepti bo‘yicha dorilarni bir marta tayyorlash.
Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma-yil mobaynida amal
qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi.
Ixtiroga dastlabki patent (2002-yil oktyabr oyigacha) – dastlabki ekspertiza
o‘tkazilgandan so‘ng berilib, ustuvorlik sanasidan boshlab besh-yil mobaynida amal qiladi.
Talabnoma beruvchining mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosiga
ko‘ra patentga aylantirilishi mumkin.
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886-yillardan Sanoat
mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish
Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar "Xalqaro byurolar" deb
nomlangan o‘z kotibiyatlarini tashkil etishni ko‘zda tutgan edi. 1893-yilda bu ikki kotibyat
"Intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byu¬rolar" yoki fransuz
tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT",
ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967-yil 14-iyulda
123
imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvensiyasi"ga
muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970-yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974-yil
dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat.
2001-yil 1-yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |