Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

 
Annotatsiya 
Texnologiyalar  transferi  markazlari  (TTM)ilmiy-texnik  natijalarning  tijoratlashuvini 
tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik 
markazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan (3-jadval). 
3-jadval 
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari 
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari 
Texnologiyalar transferi bosqichlari 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari bosqichlarini 
bajarish  
Texnologiyani amalga oshirish 
imkoniyatini tekshirish 
Tadqiqot natijalarini e’lon qilish 
Patent arizalari berish 
Anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashish 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari natijalariga 
egalikhuquqini sotish 
Tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarini 
bajarish  
Mahsulotning sinov namunasi Texnologiya 
Texnologiyani amalga oshirish uchun kichik 
korxona tashkil etish 
Texnologiyani sotish 


112 
 
prototipi  
Texnik jihatdan amalga oshirish 
imkoniyatini tasdiqlash 
Texnologiyani maromiga etkazish 
Bozor namunalari yaratish  
Sinov tariqasidagi sotuvlar  
Servisni tashkil qilish  
Ruxsatnoma olish  
Sertifikatsiya 
Mahsulotni ko‘paytirish (kichik seriyada) va 
sotish 
Foydalanuvchilarni o‘rgatish Dillerlarni 
o‘rgatish  
Servis 
Texnologiyani sotish  
Korxona aksiyalarini sotish  
Biznesni sotish 
Sanoat texnologiyasi yaratish  
Ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish 
Mahsulotni sertifikatsiyalash va ishlab 
chiqarish  
Diversifikatsiya 
Mahsulot va xizmatlarni sotish Servis 
Texnologiyani sotish  
Korxona aksiyalarini sotish  
Biznesni sotish 
Ishlab chiqarishni kengaytirish 
Mahsulotlarni ko‘paytirish 
Ishlab chiqarishnisertifikatsiyalash 
Ishlab chiqarish va mahsulotniyangilash 
Diversifikatsiya 
Mahsulot va xizmatlar sotish  
Servis 
Foydalanuvchilarni o‘rgatish  
Dillerlarni o‘rgatish  
Texnologiyani sotish  
Korxona aksiyalarini sotish  
Biznesni sotish 
SHuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator omillar to‘sqinlik 
qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 

 
mintaqalar  miqyosida  innovatsion  jarayonlarni  boshqarishning  sust  tashkil 
etilganligi; 

 
ko‘pchilik  TTMda  ham  ichki,  ham  xorijiy  bozorlarga  chiqish  bilan  bog‘liq 
muammolar; 

 
TTM  tashkil  qilish  va  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun  resurslar  bazasining  etarli 
emasligi; 

 
innovatsion  faoliyat  kuchayishini  rag‘batlantiradigan  me’yoriy-huquqiy 
asoslarning yo‘qligi. 
“Qanchalar  qiziq  tuyulmasin,  Internet  tarmog‘ida  ommalashib  borayotgan  Cloud 
tizimi  iqtisodiyotda  ham  o‘z  ta’siriga  egadir.  Bunga  misol  sifatida  texnologiyalar 
konsorsiumini  tuzilishini  keltirish  mumkin.  Unga  ko‘ra,  firmalar  gorizontal  yo‘nalishda 
koalitsiyalar  [2]  tuzishadi.  Bu  koalitsiyalarning  maqsadi  birgalikda  innovatsiyalarni  joriy 
etish,  joriy  etish  bo‘yicha  tajriba  almashinish  va  birgalikda  innovatsion  loyihalarni 
moliyalashtirishdir.  Ushbu  ishlar  texnologik  innovatsiyalarni  yaratishda  tannarx  pasayiga 
olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlardan biridir”
17

Texnologik  innovatsiyalar  deganda  yuridik  shaxsning  texnologik  yangi  mahsulotlar 
va 
jarayonlarni, 
shuningdek 
mahsulotlar 
va 
jarayonlarda 
sezilarli 
darajada 
takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, 
xizmatlar  ishlab  chiqarilishi  (etkazib  berilishi)  bo‘yicha  yangi  yoki  sezilarli  darajada 
takomillashtirilgan  usullarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etish  bilan  bog‘liq  faoliyati  nazarda 
tutiladi.  Texnologik  innovatsiyalar  yuridik  shaxs  tomonidan  birinchi  marotaba  ishlab 
                                                 
17
21 


113 
 
chiqilayotgan  mahsulotlar,  jarayonlar,  xizmatlar  va  usullar  shaklida  (agar  ular  boshqa 
yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham) bo‘lishi mumkin. 
Texnologik  innovatsiyalarning  ikkita  turi  mavjud.  Bular:  mahsulotlar  bo‘yicha 
innovatsiyalar va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar. 
Sanoat  ishlab  chiqarishida  mahsulot  bo‘yicha  innovatsiyalar  texnologik  yangi  va 
takomillashtirilgan  mahsulotlarni  tayyorlash  va  joriy  etishni  o‘z  ichiga  oladi.  Texnologik 
yangi  mahsulot  –  texnologik  xususiyatlari  (funksional  belgilari,  konstruktiv  yo‘l  bilan 
bajarilishi,  qo‘shimcha  operatsiyalari,  shuningdek  qo‘llaniladigan  tarkibiy  qismlar  va 
materiallar  tarkibi)  yoki  qo‘llanilish  maqsadi  prinsipial  jihatdan  yangi  yoki  yuridik  shaxs 
tomonidan  ilgari  ishlab  chiqarilgan  shunga  o‘xshash  mahsulotdan  sezilarli  darajada  farq 
qiluvchi mahsulotdir. Bunday innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki 
mavjud  texnologiyalardan,  tadqiqot  va  ishlanmalar  natijalaridan  foydalanishga  asoslangan 
bo‘lishi mumkin. 
“Texnologik konsorsiumlarning 4 turi mavjud bo‘lib, ular: 
1. Ishlab chiqarish samaradorligini koalitsiyalar orqali takomillashtirish. 
2. O‘zgarmas kapitalga investitsiyalar kiritishdagi xarajatlarni bo‘lishish. 
3. Texnologiyalarni ortiqchalik samarsini oshirish uchun o‘zaro bo‘lishish. 
4. Narx diskriminatsiyasi orqali innovatsiyalar xarajatini o‘zaro taqsimlash”
18

Texnologik  jihatdan  takomillashtirilgan  mahsulot  –  bu  yuqoriroq  samarali  tarkibiy 
qismlar  va  materiallardan  foydalanish,  bir  yoki  undan  ortiq  texnik  tarkibiy  qismlarini 
qisman  o‘zgartirish  (kompleks  mahsulotlarda)  yo‘li  bilan  ishlab  chiqarilishining  sifat 
bo‘yicha xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir. 
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik jihatdan sezilarli 
darajada  takomillashtirilgan  ishlab  chiqarish,  shuningdek  mahsulotlarini  etkazib  berish 
usullarini ishlab chiqish yoki joriy etishni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi 
ishlab  chiqarish  asbob-uskunalaridan,  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etishning  yangi 
usullaridan  foydalanishga  yoki  ularni  birgalikda  qo‘llashga,  shuningdek  tadqiqot  va 
ishlanmalar 
natijalaridan 
foydalanishga 
asoslangan 
bo‘lishi  mumkin.  Bunday 
innovatsiyalar,  odatda,  tashkilotda  ilgari  mavjud  bo‘lgan  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish 
yoki etkazib berishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek odatdagi 
usullar  yordamida  amalga  oshirish  imkoni  bo‘lmaydigan  texnologik  jihatdan  yangi  yoki 
takomillashtirilgan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  yoki  etkazib  berish  uchun  mo‘ljallangan 
bo‘lishi mumkin. 
Jarayonlar  bo‘yicha  innovatsiyalarni  tashkilot  birinchi  bo‘lib  joriy  qilgan  bo‘lishi 
muhim emas.  
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi: 
• 
mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) o‘zgartirishlar; 
• 
mahsulotning  konstruktiv  vazifalarini  o‘zgartirmaydigan,  uning  yoki  tarkibiy 
qismi  hisoblangan  materiallar  va  komponentlarning  ko‘rsatkichlariga,  xususiyatlariga, 
narxiga  etarlicha  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatmaydigan  texnik  va  tashqi  ko‘rinishda  sezilarsiz 
darajadagi o‘zgartirishlar; 
• 
vaqtinchalik  talabni  va  tashkilotning  daromadlarini  ta’minlash  maqsadida 
tashkilot  tomonidan  ilgari  ishlab  chiqarilmagan,  ammo  mahsulotlar,  ishlar,  xizmatlar 
bozorida  etarlicha  ma’lum  bo‘lgan  mahsulotlar,  ishlar,  xizmatlar  ishlab  chiqarishini  yo‘lga 
qo‘yish  (boshqa  ixtisoslik  bo‘yicha  bo‘lishi  ham  mumkin)  evaziga  ularning  turlarini 
                                                 
18
22 


114 
 
ko‘paytirish. Masalan, mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi 
davrda boshqa ixtisoslik bo‘yicha mahsulot, ya’ni mix ishlab chiqarilishi; 
• 
ma’lum  modeldagi  qo‘shimcha  dastgohlarni  o‘rnatish,  hatto  ularni  shu 
modelning  oxirgi  modifikatsiyaga  almashtirish  evaziga  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 
kengaytirish; 
• 
to‘laligicha  boshqa  tashkilot  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  va  tayyorlangan 
innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish; 
• 
tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar. 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish