Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga
kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar ishlab chiqarishning
o‘ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo‘lgan korxonalardagina yaratiladi.
Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko‘ra yuzaga keladi: birinchidan, xom
ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning mavsumiyligi;
uchinchidan, materiallarni etkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi
xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o‘rtacha bir sutkada iste’mol qilish va mavsumiy zahiralar
yaratilishi lozim bo‘lgan vaqtga asosan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |