Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 
                                                 
2
 Ўзбекистоннинг статистик маълумотлари. www. stat. uz 


49 
 

  ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos 
keluvchi mashinalar tizimi; 

  ijtimoiy  munosabatlarda  korxona  –  bu,  turli  kategoriyadagi  xodimlar  o‘rtasida 
ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ; 

  tashkiliy-huquqiy  munosabatlarda  korxona  huquqiy  shaxs  sifatida  faoliyat 
yuritadi; 

  moliyaviy-iqtisodiy  munosabatlarda  korxona  –  bu,  tarmoqning  mustaqil  bo‘g‘ini 
bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari 
tamoyillarida faoliyat yuritadi. 
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega: 
birinchidan,  korxona  o‘ziga  tegishli  va  xo‘jalik  boshqaruvidagi  xususiy  mulkka  ega 
bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi 
va ishonchliligini ta’minlaydi; 
ikkinchidan,  korxona  kreditorlar,  jumladan,  davlat  bilan  o‘zaro  munosabatlardagi 
majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi; 
uchinchidan,  korxona  xo‘jalik  aylanmasida  o‘z  nomidan  harakat  qilishi  mumkin, 
ya’ni  qonunga  asosan  xo‘jalik  faoliyati  yurituvchi  hamkorlar,  mahsulot  (ish,  xizmat) 
iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va 
jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega; 
to‘rtinchidan,  korxona  qonunchilikka  asosan  sudda  da’vogar  va  javobgar  sifatida 
qatnashish huquqiga ega; 
beshinchidan,  korxona  mustaqil  balans  yoki  smetaga  ega  bo‘lib,  ishlab  chiqarish  va 
mahsulot  savdosi  xarajatlarini  hisobga  olib  boradi  hamda  davlat  organlari  tomonidan 
belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi; 
oltinchidan,  korxona  o‘z  firma  nomiga  ega  bo‘lib,  unda  korxonaning  tashkiliy-
huquqiy shakli o‘z aksini topadi.  
Firma  nomlari  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  ko‘ra,  firma  nomi  yuridik  shaxs 
bo‘lgan tijorat tashkilotining  individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi
3

Korxonalar quyidagi hollarda firma nomidan foydalanishlari mumkin: 
firma  nomini  rasmiy  blankalarda,  muhrlarda,  shtamplarda  va  yuridik  shaxsning 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish orqali; 
firma  nomini  tovarlarda,  ularning  idishi  va  o‘rovida,  reklamada,  peshlavhalarda, 
bosma  ma’lumotnomalarda,  hisobvaraqlarda,  bosma  nashrlarda,  tovarlarni  O‘zbekiston 
Respublikasida  o‘tkaziladigan  ko‘rgazmalar  va  yarmarkalarda  namoyish  etish  vaqtida 
ishlatish orqali. 
Har  bir  korxonaning  faoliyati  ishlab  chiqarish,  qayta  ishlab  chiqarish  va  muomala 
jarayonlaridan  iborat  bo‘ladi.  Korxonaning  ishlab  chiqarish  sohasidagi  faoliyati  -  yangi 
mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon 
bo‘ladi.  Qayta  ishlab  chiqarish  sohasidagi  faoliyat  -  ishchi  kuchini  yollash,  kadrlar 
tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish,  ishlab  chiqarish  vositalarini  yangilash  va 
kengaytirish jarayonlarida aks etadi.  Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning 
moddiy-texnika  ta’minotini  tashkillashtirish,  mahsulot  (ish,  xizmat)larni  sotish  va 
                                                 
3
 “Фирма номлари тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Қонуни // Халқ сўзи. – 2006. - 19 
сентябр. 
 


50 
 
foydalanilgan  ishlab  chiqarish  vositalarining  daromad  shaklida  qaytib  kelishida  ko‘zga 
ko‘rinadi. 
Har  qanday  korxona  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lishi  lozim.  Foyda  olishni  o‘z 
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday 
maqsad  qilib  olmagan  tashkilot  (tijoratchi  bo‘lmagan  tashkilot)  yuridik  shaxs  bo‘lishi 
mumkin. 
Tijoratchi  tashkilot  bo‘lgan  yuridik  shaxs  xususiy  korxona,  xo‘jalik  shirkati  va 
aksionerlik  jamiyati,  unitar  korxona  va  qonunlarda  nazarda  tutilgan  boshqacha  shaklda 
tuzilishi mumkin. 
Tijoratchi  tashkilot  bo‘lmagan  yuridik  shaxs  jamoat  birlashmasi,  ijtimoiy  fond  va 
mulkdor  tomonidan  moliyaviy  ta’minlab  turiladigan  muassasa  shaklida,  shuningdek 
qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. 
Tijoratchi  bo‘lmagan  tashkilot  o‘zining  ustavda  belgilangan  maqsadlariga  mos 
keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Tijoratchi  tashkilot  sifatida  faoliyat  yuritadigan  korxonalar  xususiyatlarini  birma-bir 
ko‘rib chiqamiz. 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish