Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

Annotatsiya 
 
2017  yil  14  yanvar  kuni  Vazirlar  Mahkamasining  mamlakatimizni  2016  yildagi 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlarini  har  tomonlama  tahlil  qilish  hamda  respublika 
hukumatining  2017  yil  uchun  iqtisodiy  va  ijtimoiy  dasturi  eng  muhim  yo‘nalishlari  va 
ustuvor  vazifalarini  belgilashga  bag‘ishlangan  kengaytirilgan  majlisi  bo‘lib  o‘tdi.  Majlisda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ma’ruza qildi.  
Ma’ruzada  O‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov 
boshchiligida  ishlab  chiqilgan  taraqqiyotning  “o‘zbek  modeli”ni  va  mamlakatni  o‘rta 
muddatli  istiqbolda  yanada  isloh  qilish,  tarkibiy  o‘zgartirish  va  modernizatsiya  qilish 
Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016 yilda iqtisodiy o‘sishning barqaror va 
yuqori  sur’atlarini  saqlab  qolishni  va  makroiqtisodiy  muvozanatni,  aholi  hayot  darajasi  va 
sifati oshishini ta’minlaganligi qayd etib o‘tildi.  
Vazirlar  Mahkamasi  majlisi  kun  tartibiga  kiritilgan  muhim  masalalarni  muhokama 
qilish davomida 2016 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o‘sganligi qayd 
etib  o‘tildi.  Sanoat  mahsuloti  hajmlari  –  6,6  foizga,  qurilish-pudrat  ishlari  –  12,5  foizga, 
chakana savdo aylanmasi – 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi 
ichki  mahsulotga  nisbatan  0,1  foiz  miqdorida  profitsit  bilan  ijro  etildi.  Tashqi  savdo 
aylanmasining  ijobiy  saldosi  ta’minlandi.  Inflyasiya  darajasi  prognoz  parametrlaridan 
oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi.  
Iqtisodiyotga  16,6  milliard  AQSH  dollari  miqdorida  yoki  2015  yilga  nisbatan  9,6 
foizga  ko‘p  investitsiyalar  yo‘naltirildi.  O‘zlashtirilgan  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar 
hajmi 11,3 foizga o‘sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard 
dollar  bo‘lgan  164  ta  yirik  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish  yakunlandi.  SHu 
jumladan,  “JM  O‘zbekiston”  aksiyadorlik  jamiyatida  “T-250”  modeldagi  engil 
avtomobillarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, Jizzax viloyatida sement zavodi kengaytirildi, 
Tolimarjon  issiqlik  energiya  stansiyasida  quvvati  900  MVt  bo‘lgan  bug‘-gaz  qurilmalari 
hamda Angren issiqlik energiya stansiyasida quvvati 150 MVt bo‘lgan yuqori kulli ko‘mirni 
yoquvchi energiya bloki ishga tushirildi.  
Farg‘ona  vodiysi  viloyatlarini  mamlakatning  boshqa  hududlari  bilan  bog‘laydigan, 
Qamchiq  tog‘li  dovoni  orqali  o‘tuvchi  19  kilometrlik  noyob  tunnelga  ega  bo‘lgan 


44 
 
elektrlashtirilgan  yangi  Angren  –  Pop  temir  yo‘l  liniyasi  qurildi.  Toshkent  –  Buxoro 
marshruti  va  qarama-qarshi  yo‘nalish  bo‘yicha  yuqori  tezlanishli  “Afrosiyob”  yo‘lovchi 
tashuvchi elektropoezdlar harakati tashkil etildi.  
Qishloq  xo‘jaligini  modernizatsiya  va  diversifikatsiyalash  bo‘yicha  amalga 
oshirilayotgan  dasturiy  chora-tadbirlar  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarish  hajmlarini  6,6 
foizga,  jumladan,  meva-sabzavot  –  11,2  foizga,  kartoshka  –  9,7  foizga,  sabzavot 
mahsulotlari etishtirish 10,4 foizga o‘sishini ta’minladi.  
Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash va himoya qilish 
bo‘yicha  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  2016  yilda  32  mingtaga  yaqin  yoki  2015 
yilga  nisbatan  18  foizga  ko‘p  kichik  biznes  sub’ektlari  tashkil  qilinishiga  turtki  bo‘ldi. 
Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 
45 foizgacha oshdi. 
Ijobiy  tarkibiy  o‘zgartirishlar  va  iqtisodiyotning  yuqori  o‘sish  sur’atlari  tufayli 
aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 
foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar – 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11 
foizga  o‘sdi,  726  ming  nafarga  yaqin  aholining,  shu  jumladan,  438,5  ming  kollej 
bitiruvchisining bandligi ta’minlandi. 
2017  —  2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 
yo‘nalishi  bo‘yicha  HARAKATLAR  STRATEGIYASI  I.  Davlat  va  jamiyat  qurilishi 
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
 
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda 
Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 
II.  Qonun  ustuvorligini  ta’minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh  qilishning 
ustuvor yo‘nalishlari 
2.1.  Sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  ta’minlash,  sudning  nufuzini 
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 
2.2.  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini 
ta’minlash: 
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish: 
2.4.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  tizimini 
takomillashtirish: 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 
2.6. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish: 
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
3.1.  Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori  iqtisodiy  o‘sish 
sur’atlarini saqlab qolish: 
3.2.  Tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning  etakchi 
tarmoqlarini  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  hisobiga  uning  raqobatbardoshligini 
oshirish: 
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 
3.4.  Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya 
qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
.5.  Viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: 
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 


45 
 
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 
.2.  Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: 
4.3.  Arzon  uy-joylar  barpo  etish  bo‘yicha  maqsadli  dasturlarni  amalga  oshirish, 
aholining  hayot  sharoitlari  yaxshilanishini  ta’minlovchi  yo‘l-transport,  muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: 
.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: 
4.5. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar 
5.1.  Xavfsizlik,  diniy  bag‘rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  ta’minlash  sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar: 
5.2. CHuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo‘nalishlar: 
Mamlakatimizda  ham  mulkchilikning  mazkur  shakli  tobora  katta  ahamiyatga  ega 
bo‘lib  bormoqda.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  natijasida  ayni 
paytda respublikamizda 1 ming 100 dan ortiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va faoliyat 
yuritmoqda.  Ularning  umumiy  ustav  kapitali  11  trillion  700  milliard  so‘mdan  ortiq  bo‘lib, 
so‘nggi o‘n yilda 5,3 barobar o‘sdi.  
Iqtisodiyotning  izchil  va  barqaror  rivojlanishini  ta’minlashda  kelgusi  davr  uchun 
puxta  va  har  tomonlama  asoslangan  chora-tadbirlar,  muhim  vazifa  va  yo‘nalishlar,  turli 
darajalardagi  iqtisodiy  taraqqiyot  dasturlarning  ishlab  chiqilishi  va  aniq  belgilab  olinishi 
muvaffaqiyat  garovi  hisoblanadi.  Ayni  paytda,  bosib  o‘tilgan  yo‘l  –  oldingi  davrdagi 
erishilgan  yutuq  va  natijalarni  tanqidiy  baholash  orqali  tegishli  xulosalar  chiqarish,  ular 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim 
prinsipial ahamiyat kasb etadi.  
Ushbu  qoida  ayniqsa  hozirgi  sharoitda  yanada  dolzarb  bo‘lib  bormoqda.  CHunki, 
2008 yilda boshlangan va 2009 yilda jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli 
ta’sir  ko‘rsatgan  global  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  salbiy  ta’sir  oqibatlarining  oldini  olish 
turli  darajalardagi  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  amalga  oshirishda  o‘ziga  xos  izchillikni, 
xatti-harakatlarning  har  tomonlama  o‘ylanganligi  va  asoslanganligini,  tub  islohotlarni 
amalga  oshirishning  bosichma-bosqichligini,  reja  va  maqsadlarga  tomon  harakatdagi 
sobitqadamlikni  taqozo  etadi.  Mamlakatimizda  chuqurlashgan  jahon-moliyaviy  inqirozi 
sharoitida  barqaror  o‘sish  sur’atlarining  saqlanib  qolishi  esa  tanlangan  mustaqil  taraqqiyot 
yo‘limiz  va  unga  muvofiq  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  siyosatimizning  nechog‘liq 
to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.     
Ushbu  masalalarning  keng  tahlili  hamda  ularni  yanada  chuqurroq  hal  etish  borasida 
Prezidentimiz  I.Karimov  shu  yilning  29  yanvarida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  2009  yilning  asosiy  yakunlari  va  2010  yilda  O‘zbekistonni  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  majlisida 
ma’ruza qildi. Unda mamlakatni rivojlantirish, yangilash, modernizatsiya qilishning to‘g‘ri 
tanlangan  strategiyasi,  qabul  qilingan  2009-2012  yillarga  mo‘ljallangan  Inqirozga  qarshi 
choralar dasturini bajarish borasida o‘tgan yilda kuch va imkoniyatlarning safarbar qilinishi 
tufayli global inqirozning oqibatlari va tahdidlariga nafaqat bardosh berishga, balki iqtisodiy 
va  ijtimoiy  rivojlantirishning  barqaror  sur’atlarini,  xalq  bardamligi  va  farovonligini 
oshirishni ta’minlashga muvaffaq bo‘linganligi qayd etildi. 
Ma’ruzada  2009  yilda  chuqurlashgan  jahon-moliyaviy  inqirozi  sharoitida 
O‘zbekistonda  makroiqtisodiy  barqarorlik  va  iqtisodiy  o‘sishning  barqaror  sur’atlari 


46 
 
ta’minlanishi  jahon  hamjamiyatida  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishning  «o‘zbek 
modeli»  sifatida  e’tirof  etilgan  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  beshta  asosiy  tamoyiliga 
asoslangan  va  respublikada  tanlangan  iqtisodiy  yo‘lning  to‘g‘riligini  inkor  qilib 
bo‘lmaydigan yana bir bor isboti ekanligi alohida ta’kidlandi.   
SHuningdek, 
ma’ruzada 
2010 
yilda 
mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning quyidagi eng muhim ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi: 
1)  islohotlarni  davom  ettirish  va  chuqurlashtirish,  mamlakatimizni  yangilash  va 
modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini 
so‘zsiz  bajarish  va  shu  asosda  iqtisodiy  rivojlanishning  yuqori  va  barqaror  sur’atlarini, 
samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash;  
2) bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash;  
3)  mamlakatimizning  raqobatdoshligini  oshirishni  ta’minlash  uchun  iqtisodiyotni 
tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish;  
4)  asosiy  etakchi  sohalarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash, 
transport  va  infratuzilma  kommunikatsiyalarini  rivojlantirishga  qaratilgan  strategik 
ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish;  
5) qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish;  
6) aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va 
hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish;  
7) 2010 yil – «Barkamol avlod yili» Davlat dasturini amalga oshirish.  
Prezidentimizning  ushbu  ma’ruzasida  belgilab  berilgan  O‘zbekiston  iqtisodiy 
rivojlanishning  yuqori  va  barqaror  sur’atlarini,  samaradorligini  hamda  makroiqtisodiy 
muvozanatni  ta’minlash,  bank-moliya  tizimining  barqarorligini  oshirish,  strategik 
ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, 
xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va 
samarali  amalga  oshirish  eng  avvalo  jamiyatimiz  a’zolari  tomonidan  ularning  mazmun-
mohiyatini  teran  va  chuqur  anglab  etilishini  taqozo  etadi.  Ayniqsa,  2010  yilni  «Barkamol 
avlod  yili» deb nomlanishi hamda bu boradagi  maxsus Davlat dasturining ishlab chiqilishi 
yoshlarning  jismoniy  va  ma’naviy  sog‘lom  o‘sishi,  ularning  eng  zamonaviy  intellektual 
bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib etishi yo‘lida barchamizdan aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni talab etadi. 
SHunga  ko‘ra,  «Asosiy  vazifamiz  –  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish