110
“Yovanovich (1982) va Matssukato (2000) stoxastik parametrlarga bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar samarasi ustida ish olib borishgan. Sanoatning hayot siklida stoxastik parametrlar
tomonidan mahsulot dizayni hali standartlashtirilmasdan noaniqliklar taqdim qilingan”.
Ekspertlarning
hisoblashicha,
“korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy
texnologiyalarni joriy qilishga rag‘batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim
etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi”. Bizning
bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur
vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real stimul va
resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab
berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari
imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion siyosat zarur bo‘ladi. Mahalliy
kompaniyalar, akademiya va OO‘YU esa birinchi bo‘lishning uddasidan chiqa olmasada,
hech bo‘lmasa hammadan ortda qolmaslik uchun diqqat-e’tiborni susaytirmasliklari lozim.
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strutkturasi dinamikasi orqali
tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu erda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va
chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi”.
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-ketlikdagi
zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya
yoki xizmatgacha “pishib etadi”
16
va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu erda:
Ft - fundamental tadqiqotlar;
At - amaliy tadqiqotlar;
I - ishlanmalar;
L - loyihalashtirish;
Q - qurilish;
O‘ - o‘zlashtirish;
Si - sanoat ishlab chiqarishi;
M - marketing;
S - sotuv.
Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi birinchi navbatda, alohida bo‘lib o‘tadigan va
innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni
ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real
sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi.
Bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va
innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun
infratuzilma elementlarining mazmun-mohiyatiga kengroq e’tibor qaratish zarur (2-jadval).
Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi
mumkin, bu - axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari,
moliyaviy strukturalar, patentli-litsenziyali tashkilotlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: