102
hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim yo‘nalishlarini
ajratib ko‘rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi xavf-xatarning
oldini o‘z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash, xavfli holatlarni nazorat qilishni
yo‘lga qo‘yish, korxona xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillarni hisobga olish,
shuningdek, korxonaning hayotiy ehtiyojlariga tahdid soluvchi g‘irrom raqiblar, ishonchsiz
hamkorlar, shaxslar va tashkilotlar haqida ma’lumotlar yig‘ish yordamida amalga oshiriladi;
ijtimoiy-kadrlar funksiyasi, xavfsizlik xizmatining kadrlarni joylashtirish, mehnat
jamoalaridagi salbiy fikrlar, ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini
aniqlash, janjallarning oldini olish, xodimlarga yo‘riqnoma berish, ularda belgilangan
xavfsizlik normalariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg‘usini shakllantirishdagi ishtiroki
orqali amalga oshiriladi;
tashkiliy-boshqaruv funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash jarayonini
boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va o‘z vaqtida
qayta tashkil etishga boshqaruv ta’sirini ko‘rsatish, faoliyatning alohida yo‘nalishlari
bo‘yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo‘g‘inlar o‘rtasida belgilangan
dasturiy maqsadlarga erishish uchun o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirishni tashkil etish
yordamida amalga oshiriladi;
rejali-ishlab chiqarish funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
alohida maqsadli rejalar va dasturlar majmuini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish,
xavfsizlik tartibini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarni tayyorlash va
bajarish yordamida amalga oshiriladi;
tashkiliy-texnik funksiya, korxonada xavfsizlik tartibini moddiy-texnik jihatdan
ta’minlash, maxsus texnikalar hamda yangi, progressiv texnologiyalar, maxfiy tartib va
boshqa maxsus faoliyatlarni o‘zlashtirish yordamida amalga oshiriladi;
ilmiy-uslubiy funksiya, korxona xavfsizligini ta’minlashning ilg‘or tajribalarini
to‘plash va tarqatish, xodimlarni o‘qitishni tashkil etish, korxona oldida yuzaga keluvchi
korxona xavfsizligini ta’minlashga oid muammolarni hal qilishning ilmiy jihatdan ishlab
chiqish va uning bu sohadagi faoliyatini uslubiy ko‘rsatmalar bilan ta’minlash yordamida
amalga oshiriladi;
axborot-tahlil funksiyasi, xavfsizlikka oid ma’lumotlarni maqsadli ravishda
yig‘ish, to‘plash va ular bilan ishlash, buning uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni analitik
tahlil qilishning texnik va uslubiy vositalarini yaratish va ulardan foydalanish, korxonaning
manfaatdor bo‘linmalari va alohida shaxslarni xavfsizlik xizmatida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlar bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: