Toshkent moliya instituti iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanidan mustaqil ta’limni bajarish boʻyicha uslubiy qo’llanma toshkent – 2021 kirish



Download 98,86 Kb.
bet1/24
Sana18.01.2022
Hajmi98,86 Kb.
#390279
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
ИИКТ-Мустакил ишларни тайёрлаш учун қўлланма


TOShKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BOʻYICHA

USLUBIY QO’LLANMA

Toshkent – 2021

KIRISH
Ta’limning asosiy vazifasi talabada oʻz-oʻzini rivojlantirish va mustaqil bilimini oshirish koʻnikmalarini hosil qilish, innovatsion faoliyatga qobiliyatli boʻlgan ijodiy salohiyatini shakllantirishdan iborat. Faqat talabaga tayyor koʻrinishdagi bilimlarni berish yoʻli bilan bu masala echimini topish mushkul. Bilimlar sust iste’molchisidan muammollarni shakllantirib yorita oladigan, uni echish yoʻllarini tahlil eta oladigan, optimal natija topa oladigan va uning toʻg’riligini isbotlay oladigan faol ijodkor shaxsga aylantirish oʻta muhim vazifa hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, talabalarning mustaqil ta’limi shunchaki oʻquv jarayonining muhim shakli boʻlib qolmay, balki etuk mutaxassislarni tayyorlashda uning asosi boʻlishi lozim.

Jahon hamjamiyatida barcha sohalarda barcha faoliyat uchun zarur boʻlgan axborotlar hajmining mislsiz oʻsib borayotganligi va shu bilan bir vaqtda, sohaviy bilimlar doirasi uzluksiz kengayib borayotgan ayni damda faqat auditoriya mashg’ulotlari orqali talabalarga har qanday fan doirasida boʻlgani kabi, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining toʻxtovsiz rivojlantirilishi sharoitda “Davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimi” fanidan ham mavjud bilim va ma’lumotlarni birgina auditoriya mashg’ulotlari toʻliq etkazib berishning imkoni cheklangan.

Tajribadan ma’lumki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va oʻz bilimlarini doimiy va uzluksiz ravishda kengaytirib borsagina oʻz bilim koʻlamini mukammalashtirib boradi va sohani toʻlaqonli oʻzlashtirishi mumkin. Demak, talaba fan doirasida oʻtilgan auditoriya mashg’ulotlaridan tashqari asosiy bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻshimcha shug’ullanish va ilmiy nuqtai nazardan izlanish olib borishning eng samarali yoʻli boʻlgan mustaqil ta’lim jarayoni orqaligina ega boʻladilar, bu bilan mustaqil faoliyat koʻrsatish va qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanib boradi va ularda ijodiy ishlashga koʻnikmalar shakllanib boradi. Xulosa qilib aytganda, talaba auditoriyada olgan bilimlarini toʻlaqonli mustahkamlash, shu bilan birga, navbatdagi mavzuni puxta oʻzlashtirishi uchun doimiy ravishda mustaqil holda tayyorgarlik koʻrish va ijodkorona yondashish maqsadga muvofiq boʻladi.

Talabalarning mustaqil holda bilimlarini kengaytirish bilan shug’ullanishlari Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qaroriga 3-ilova “O’zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toʻg’risida NIZOM”, hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14avgust  286 sonli buyrug’iga 1-ilova “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha YO’RIQNOMA” asosida rejalashtiriladi va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni oʻqitish bilan bir qatorda ularni mustaqil holda oʻqib-oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish, bilimni kengaytirish usullarini koʻrsatish va yoʻllanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.




Download 98,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish