Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o’zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bo’linadi: unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi, va shu orqali ularning o’rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo’ladi.
Shunday qilib, tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati doimo to’xtovsiz takrorlanib uzluksiz yangilanib turadigan jarayondir.
1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati.
Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayirboshlashning me’yorida ro’y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |