Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o’rganishdan iborat.
Iqtisodiy munosabatlar – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida vujudga keladigan turli hil munosabatlardir.
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo’lish shakllari qo’ydagilar:
Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyatsiya, bandlik va hokazo.
Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |