Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik



Download 2,68 Mb.
bet78/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik

5-jadval

Bir kg un narxi (so’m)

Talab qilinadigan un miqdori (kg)

150

140


130

120


110

10

13

17



25

50


Jadval ma’lumotlari tovarga narxning pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishiga va aksincha, narxning o’sishi uning miqdorining kamayishiga olib kelishini ko’rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.

Iste’molchilar ma’lum bir tovarni uning narxi past bo’lsa, ko’proq sotib ola boshlaydi. Iste’molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi to’siq sifatida namoyon bo’ladi. Bu to’siq qancha yuqori bo’lsa, u shuncha kam tovar sotib oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste’molchining xarid qilish istagini so’ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi.

Real iqtisodiy hayotda ba’zan narxlar o’ssada ayrim tovarlarga talabning ortishiga olib kelishi mumkin bo’lgan holatlar ham uchraydi. Bu vaziyat Giffen samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan). Giffen kambag’al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko’rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag’al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o’sishi ro’y bersa, bunda kambag’al oila go’sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo’ladi, o’zining ko’p bo’lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi.

Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin.

Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o’rtasidagi teskari bog’liqlikni oddiy ikki o’lchamli grafikda tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko’rsatadi.


10-chizma. Talab egri chizig’i.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni tasviriy aks ettiradi.

Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi.

Narx va talabning hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’i deyiladi.

Agar talab egri chizig’i o’zining oldingi holatida qolsa va bunda u yoki bu tovarni sotib olishdagi har qanday miqdoriy o’zgarish talab miqdorining o’zgaruvchanligini bildiradi.




Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish